Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ideal}
So‘z bo‘g‘inlari: i-de-al
Izoh(lar)i:
ideal sf

1. ot ot Jamiyatning, shaxsning eng oliy maqsadi, eng yuksak orzu va tilak. Ideal — jamiyatning yuksak va olijanob maqsadi, kelajakda ko‘zlangan g‘oyasi. Gazetadan
Ijtimoiy ideal misoli mayoq bo‘lib, jamiyat qayoqqa va qanday maqsadda qadam otishida g‘oyaviy-mafkuraviy va ma’naviy-ruhiy yo‘l ko‘rsatib turishi mumkin. Gazetadan

2. ot ot Har jihatdan barkamol, mukammal, xayolan orzu qilinadigan, lekin hali hayotda mavjud bo‘lmagan narsa, hodisa. Uning ideali — yoqtirgan qizini o‘z ta’siriga olib, o‘z qadrini yerga urmay sevilmoq edi. P. Qodirov, Uch ildiz

3. sft. ft. Olijanob, namuna bo‘ladigan, orzu-maqsadga mos, muvofiq keluvchi. Ideal obraz. Ideal sharoit. Ma’naviyat qahramoni bo‘lgani tufayli u xalqning ideal qahramoniga aylandi. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. ideal I Sifat
bekamu-ko‘st

2. ideal II Ot
eng ezgu g‘oya, tilak, yuksak kamolot timsoli

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.