Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ichkari} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ich-ka-ri-la-moq
Izoh(lar)i:
ichkari rv

1. zid. id. Xona, hovli, qal’a va shu kabilarning ichki qismi, ichki tomoni; tashqari. Hamdamforma, ma’lum bir hovlining orqasiga o‘tib, o‘ziga tanish bo‘lgan bir derazadan ichkariga qaradi. S. Ayniy, Qullar
Bironta tanish ko‘rinmagach, o‘zi ichkariga kirmoqchi bo‘lgan edi, qorovul uni to‘xtatdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina
Ovoz endi ichkaridan emas, tashqaridan eshitildi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
Rulda keksaroq kishi o‘tirar, ichkarida uch-to‘rtta ayol bor edi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

2. 2. Ma’lum joy, maydon, hudud va shu kabilarning boshlanishdan o‘rta qismi, markaz tomoni: ich qism, ich tomon. Shahar ichkarisi. Mamlakat ichkarisi. Bog‘ning ichkarisi. Behisob yo‘llar cho‘l ichkarisiga tarmoqlanib ketgan. O‘zbekiston qo‘riqlari
— Ho‘ anovi nashvatini qarang, o‘g‘lim, — dedi u, devordan ancha ichkarida mevalarining kungay tomonlari qizarib turgan nashvati daraxtiga imo qilib. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

3. etn. tn. Hovlining tashqi hovlidan devor bilan ajratilgan, ayollar ya bolalar turadigan qismi; ichki hovli. Maryamxon o‘n to‘qqiz yoshida, bundan sakkiz-to‘qqiz yil ilgari bu uyga, musulmon ichkarisiga qamalgan. Oybek, Tanlangan asarlar

4. 4. Ich tomonda joylashgan; ichki. Doya kelgandan so‘ng, ichkari hovli erkak zotidan tozalandi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Saodatxon Latofatni muloyimlik bilan ichkari uyga taklif qildi. S. Zunnunova, Yangi direktor
Ichkari darvozaning chap yonidan toza ko‘ray, deb Oqqiz o‘tdi. Erali va Sherali
Ichkari hovlida keksa Me’mor atrofida sizi va xotini shumshayib o‘tirishardi Mirmuhsin, Me’mor

Antonim(lar)i: tashqari
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.