Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {ibora}
So‘z bo‘g‘inlari: i-bo-ra
Izoh(lar)i:
ibora [i-bo-ra ]

1. Biror tushuncha yoki fikr ifodalovchi, odatda, so‘zlarning turg‘un birikmasi (so‘z birikmasi yoki gapga teng jumla); ta’bir. Obrazli ibora.◆Chernitsov “vaqtincha tantana”, vaqtincha chekinish, qayta hujumga o‘tish degan iboralarni qiynalib aytdi. I. Rahim, Chin

2. ayn.So‘z 2.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Iboralarni o‘z ichiga oluvchi bu fililogik lug‘at B.Mengliyev, M.Xudoyberdiyeva va O.Boymatovalar tomonidan tuzilgan, maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan, 2006-yil “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan.

Lugat maqolalari alfavit tartibida tuzilgan, unda mingga yaqin iboraga qisqacha nutqiy izoh berilgan.

Iboralar birdan ortiq variantga ega bo‘lsa, ular ketma-ket vergul bilan ajratilgan holda berilib, so‘ngra izohlangan:

Avra-astarini ag‘dardi, avra-astarini qoqdi, avra-astari so‘kildi, avra-astari qoqildi – barcha kirdikorlarini ochib tashladi.

Avj oldi, avjiga mindi, avjiga chiqdi – 1) rivojlandi 2) zo‘raydi, kuchaydi.

Fe’llar o‘quvchilarga qulaylik maqsadida asosan yaqin o‘tgan zamon shaklida berilgan.

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.