1. Odamlarni yo‘ldan ozdiruvchi, yomon yo‘lga boshlovchi maxluq; shayton.
U, Saidg‘ozining yuragiga iblis in qurgan tuhmatchi, butun badani zahar bog‘lab ketgan g‘arazgo‘yligini bilmagan ekan.
S. Anorboyev, Oqsoy
2. Iblisga xos xususiyatli odam
Ezozxon odam suratidagi iblis hikoyasiga qo‘rquv ichida quloq solib o‘tirarkan, uning [Ziyodillaning] maqsadiga tushuna olmadi.
H. G‘ulom, Mash’al
3. Iblisga nisbatlovchi haqoratni bildiradi.
Qutidor, qizining maqsadiga tushunib, ikki turli qo‘lni darrov payqab oldi: — Vijdonsiz, iblis! — deb qo‘ydi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar