1. 1. Muayyan ko‘nikma, mahorat talab qiladigan, tirikchilikning asosiy manbai hisoblanuvchi ish, mashg‘ulot; kasb.
Hunar, hunardan unar.
Maqol
Yigit kishiga yetmish hunar oz.
Maqol
Onam ham o‘qituvchi, Bir hunari — to‘quvchi, Menchi a’lo o‘quvchi
Q. Muhammadiy.
Yigitning qo‘lida gulday hunari bor.
Oybek, Tanlangan asarlar
Otasining hunarini yaxshi egallab olgan bu yigitcha uchun qishloqda ish ko‘p edi.
S. Ahmad, Hukm
— Boshqa bir hunarga bersak bo‘lmaydimi? — dadamning sartaroshlikka hech ko‘ngillari yo‘q edi.
E. Raimov, Ajab qishloq
2. 2. Biror ishdagi mahorat, san’at; mohirlik, ustalik talab etuvchi ish, xatti-harakat
Hunarining borin unda bildirgan, Kungurasin po‘latdan qip endirgan.
Murodxon
Konferansye ikkinchi nomerda xohlagan kishi xohlagan hunarini ko‘rsatishi mumkin, deb hammani kuldirdi
A. Qahhor, Tanlangan asarlar
Chekinish uchun ham hunar kerak bu ham san’at talab qiladi
Oybek, Quyosh qoraymas
3. 3. Odat tusidagi ish, harakat.
Ammo eski hunaringizni qilib, otamga chaqsangiz, mendan shafqat kutmang! Mirmuhsin,
Me’mor
Uyda qovog‘ini osiltirib, ko‘chada begona ayolni ko‘rganda iljayadigan, tirjayadigan hunarga o‘rgandi.
Mushtum
Kesatiq hunaring esingdan chiqdimi, deb turgan edim. Harnechuk yodingda ekan
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
4. 4. Bo‘lmag‘ur, kelishmagan xatti-harakat, qiliq, odat.
Abdishukur, ovozni bunchalik boshqacha qilishni kimdan o‘rganding? Hunaringga balli-ye
Oybek, Tanlangan asarlar
G‘aroyib kuchdan sher bo‘lib ketgan bolalar tarbiyachilarini ko‘rib xijolat tortish, izza bo‘lish o‘rniga g‘ilaylashgan ko‘zlarini suzib, o‘z hunarlarini davom ettiraverishdi.
Gazetadan