Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {hozirlik}
So‘z bo‘g‘inlari: ho-zir-lik
Izoh(lar)i:
hozirlik ot

1. 1. Hozir, tayyor ekanlik. Mashinalarning ishga hozirligini tekshirish.

2. 2. Tayyorlanish ishlari; tayyorlanish, tayyorgarlik. Azizbek fotiha berdi. Xalq urush hozirligiga kirishdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Bahorga hozirlik ishlarining katta-kichigi, mayda-chuydasi bo‘lmaydi. Gazetadan
Yo‘l hozirliklari bitib, O‘zbek oyimning qutidor va Oftob oyim hamda Oysha kampirga atab tiktirgan sarupolari ham bitdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. egalik va o‘.-p. k. shaklida yoki “bilan” ko‘makchisi yordamida ida (— hozirligida, hozirligi bilan) kam qo‘ll. Ishtirok ma’nosini bildiradi. Olti guvohning hozirligi bilan majlis ochildi. A. Qahhor, Sarob

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: tayyorgarlik
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.