Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {hodisa}
So‘z bo‘g‘inlari: ho-di-sa
Izoh(lar)i:
hodisa ot

1. 1. Tabiatda, jamiyat hayotida yuz beradigan o‘zgarish. Mudhish hodisa. Quvonchli hodisa. Baxtsiz hodisa. Kutilmagan hodisa. Hodisa ro‘y bergan joyga zudlik bilan yetib borgan operativ guruh aybdorlarni topmadi. Gazetadan
Boburnomani varaqlar ekansiz tabiiy hodisalar tasviriga duch kelasiz. Fan va turmush
Yoshi yigirma ikkiga qadam qo‘yganda, Beruniyni ham hodisalar seli yumalatib, o‘zi bilan birga janubga olib ketdi. M. Osim, Jayhun ustida bulutlar
Bular endi bir hovlida turish emas, bir uyda yotib qolishni ham birovning e’tiborini jalb qiladigan hodisa deb bilishmas edi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlar

2. 2. Biror narsaning voqelanishi, voqelanish fakti. Qishdan keyin bahorning kelishi obyektiv hodisa. So‘z bo‘g‘inlaridan birining yoki gapdagi so‘zlardan birining ajratib, kuchli talaffuz etilishi hodisasi urg‘u deyiladi. O‘zbek tili darsligi
Bir jismdan chiqib tarqalgan tovushning boshqa jismga urilib, tebranish hosil qilishi rezonans hodisasi deb ataladi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: voqea [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.