Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {hiyla}
So‘z bo‘g‘inlari: hiy-la
Izoh(lar)i:
hiyla ot

1. 1. Aldash uchun ishlatilgan yo‘l; aldovchi, chalg‘ituvchi ish, tadbir, xatti-harakat; nayrang, firib. Davron bir necha bor dushman iskanjasiga tushgan, biroq dovyuraklik bilan yovga chap berib, hiyla-yu hunar ishlatib, g‘olib chiqqan. T. Rustamov, Mangu jasorat
Qiz politsiyaning dahshatini yaxshi bilar, ularga ko‘p uchragan va ko‘p daf’a turli hiylalar bilan qochgan. Oybek, Nur qidirib
Shu maqsadda erka bir kun yotib oldi. Hiyla bilan kasallikka o‘zin soldi. A. Muxtor.

2. 2. Hiylayi shar’iy.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: xiyla – [f] Ma’lum darajada, birmuncha, ancha; birmuncha fursat, ancha vaqt.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Ayor – mug‘ombir – hiylagar – quv – ustamon – makkor – dog‘ush – mo‘ltoni – hilviri
Bo‘yog‘iga ko‘ra
( bo‘yoqdorlik belgisining kuchliligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.