Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {hisobli}
So‘z bo‘g‘inlari: hi-sob-li
Izoh(lar)i:
hisobli sf

1. 1. Hisobi, soni, miqdori belgili. Omonatin axir bir kun oladi, Hisobli kun axir borib to‘ladi Erali va Sherali

2. 2. Hisobga olingan, hisobda bor; o‘lchovli. O‘rmondagi turmushni o‘z ko‘zing bilan ko‘rib turibsan. Har bir qultum suv, har bir burda non hisobli. I. Raxim, Chin muhabbat
vaqtingni ko‘p olib o‘tirmay. har minuting hisobli. Yo. Xayimov, M. Rahmon, Hayot-mamot.

3. 3. Uncha ko‘p emas, cheklangan miqdordagi, sanoqli. Yangi yilga hisobli kun qoldi.

4. 4. O‘zaro hisobi, hisob-kitobi joyida bo‘lgan. Hisobli do‘st ayrilmas. Maqol

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: sanoqli
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.