Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {hayrat}
So‘z bo‘g‘inlari: hay-rat
Izoh(lar)i:
hayrat ot

1. Kuchli darajadagi taajjub, hayronlik. Ustaning san’atidan hayratda bo‘lgan odamlar bitta tanburdan ham shunchalik ovoz chiqishiga tasanno aytishardi. Mirmuhsin, Sozanda
Naqshlarga tikilib qarayman bir-bir, Fikrimda hayajon, hayrat, tasanno. H. Rasul, Baxt nashidasi
Hayotning eng oddiy jismlaridan to eng murakkab mavjudotlarigacha — hammasi unga hayrat bag‘ishlardi. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: hayronlik
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. hayrat barmog‘ini tishlamoq: nihoyat darajada hayron bo‘lmoq; hayratda qolmoq.

2. hayratda qoldi: nihoyat darajada ajablandi

3. hayratda qoldirdi: nihoyat darajada ajablantirdi

1. Ajablanmoq – hayron bo‘lmoq – hayratlanmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(emotsional bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.