1. 1. Hayotga, yashashga, tirikchilikka oid.
Hayotiy jarayonlar. Hujayralarning hayotiy vazifasi.
2. 2. Hayot uchun zaruriy, hayot talabidan kelib chiquvchi, hayot talabi bilan bog‘liq.
Uning orzusi bir qarashda romantik qasoskorning orzusi bo‘lib ko‘rinsa-da, tagidagi haqiqat chuqur, o‘ta hayotiy.
H. G‘ulom, Toshkentliklar
Xo‘jaligimizda hali yechilishi g‘oyat zarur bo‘lgan hayotiy vazifalar ko‘plab ko‘zga tashlanadi.
O‘zbekiston qo‘riqlari
uning bilan suhbatda zarur va hayotiy masalalar gaplashib olingan edi.
Mirmuhsin, Umid
3. 3. Hayot bilan bog‘liq, hayot uchun tipik (bo‘lgan), hayotdagiga mos, to‘g‘ri keladigan.
— Asosiy masala asarda aytilmoqchi bo‘lgan fikrning o‘quvchi qalbiga yaqin va hayotiy bo‘lishida, — dedi Said Ahmad.
Shukrullo, Javohirlar sandig‘i
Hayotiy voqealarni umumlashtirib, sermazmun badiiy asarlar yaratgan va yaratayotgan jurnalistlar ko‘p.
X. Yodgorov, Hayot to‘lqinlari
Rassom shoir va ma’rifatparvarning siymosini hayotiy qilib ishlay olgan.
Gazetadan