1. 1. Biror narsaga qiziqadigan, uni yaxshi ko‘radigan (shaxs); havasmand, havasli, ishqiboz.
Havaskor ovchi. Musiqaga havaskor.
▬
Nabigulning aytishicha, bular mahalladagi havaskor sozandalar edi.
A. Qahhor, Qanotsiz chittak
Bu yerda o‘nlab havaskorlar suvga tizzagacha tushib olib, baliq ovlashyapti.
Gazetadan
Yozuvchilikka havaskor bo‘lgan yosh talantlarning asarlarini ilgarigidek xom-xatala bosib chiqarishga barham berilgan deyish mumkin.
N. Safarov, Olovli izlar
2. 2. Kasb, hunar, san’at va shu kabilar bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boradigan maxsus to‘garak qatnashchisi (asosan yoshlar haqida).
Tikuvchilar artelining havaskor sozandalari to‘garagi butun sostavi bilan kelgan.
A. Qahhor, To‘y
Birinchi mashg‘ulotda havaskor shoirlarning she’rlari yangradi.
Gazetadan
Bugun havaskorlarimiz televizorda chiqadi. Ularni ko‘rmabsan, dunyoga kelmabsan
Sh. Sa’dulla, Ikki bilaguzuk