1. 1. Dard-hasratga ega, g‘am-alamdan iborat. hasratli qora kunlarini bu yaqin orada hozirgidek ezilib eslamagan edi. Mirmuhsin, Umid Qarshingda hasratli o‘yga tolaman. Qachon xalq bo‘lasan sen, ey olomon?! A. Oripov, Yillar armoni.
2. 2. Dard-hasrat aks etuvchi, dard-alam ifodali. Lablaridan uchadi Hasratli faryod. G‘ayratiy Choy ustida ona Tolibjonning qarshisiga o‘tirib, hasratli bir tovushda dedi: — Bolam, bilib turibman, ichingda o‘t yonyapti. Nima bo‘ldi, ayt! S. Ahmad, Jimjitlik
1. G‘amgin – qayg‘uli – hazin – hasratli – mungli – mahzun – g‘amnok Bo‘yog‘iga ko‘ra (belgini kuchli-kuchsiz darajada ifodalashiga ko‘ra)