Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {haromtomoq}
So‘z bo‘g‘inlari: ha-rom-to-moq
Izoh(lar)i:
haromtomoq ot

1. ayn. yn. Haromtovoq. Yanvar oyi ko‘k yalpizni qaydan topay? Ona-bola qichqirdilar unga shu choq: — Ko‘p gapirma, ol savatni, haromtomoq! A. Muxtor

2. 2. Halol hayot kechirmaydigan, poraxo‘rlik, tovlamachilik va shu kabilar nopok yo‘llar bilan yashovchi. Toshkent viloyat sudida Hidoyatova va uning haromtomoq sheriklarining jinoiy ishi ko‘rildi. Gazetadan
Bozordagilarni do‘q bilan cho‘chitib olgan bunday haromtomoqlarni kim tiyib qo‘yar ekan-a! Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: tekinxo‘r
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.