Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {harchand}
So‘z bo‘g‘inlari: har-chand
Izoh(lar)i:
harchand ys

1. kam qo‘ll. ll. To‘siqsiz ergash gap tarkibida “har qancha“, “qanchalik“, imkon boricha ma’nosini bildiradi. Parda yopildi. U odamlar harchand chapak chalishsa ham, qayta ochilmadi. A. Eshonov, Chorgoh
Sultonov harchand urinmasin, ularning gapi qovushmadi. E. Usmonov, Yolqin
Yodgor uni harchand ranjitgisi kelmasa-da, yolg‘on gapirolmadi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

2. s. t. t. Inkor ma’nosini kuchaytiradi; aslo, hech. Hasanxonning pand-u nasihatlarini Zevarxon qabul qilmadi, harchand gapga quloq solmadi. Bahrom va Gulandom

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: har qancha
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.