Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {harakat}
So‘z bo‘g‘inlari: ha-ra-kat qil-moq
Izoh(lar)i:
harakat ot

1. 1. Kishi va narsalarning yoki ularning qismlarining tinch holatdan chiqishi: qo‘zg‘alishi, qimirlashi va shu kabilar; tinch holatga qarama-qarshi holat. Odamlarning ko‘zlarida, harakatlarida qandaydir notinchlik sezdi Yo‘lchi. Oybek, Tanlangan asarlar
Uning yurishlari, kiftlarining harakati nihoyatda chiroyli edi. Mirmuhsin, Me’mor
Bu qorong‘ilikda allaqanday maxluqlarning lip-lip harakati arang ko‘zimga chalinardi. E. Raimov, Ajab qishloq
Qudratli g‘ildiraklar harakatidan kelayotgan ovoz Oybekni xayolga chorladi. Gazetadan

2. 2. Ishni bajarishda faoliyatning holati, bajaruvchining faoliyat tarzi, yo‘sini. Hali o‘rinlarini yig‘ishtirib ulgurmagan jangchilarning harakatida shoshqaloqlik ko‘rindi. Shuhrat, Shinelli yillar

3. 3. Kishi tana a’zolarining ma’lum bir ma’no, mazmunni ifodalovchi harakat-holati. Tabib qo‘rboshiga nimadir dedi. Uning yuz va qo‘l harakatidan sizdan nima ketdi, bir ko‘raylik, degan ma’no anglashilib turar edi. A. Qahhor, Ko‘r ko‘zning ochilishi
Ular eng ibtidoiy tilga — harakatlar, imolar bilan fikr uqtirishga murojaat qildalar. Oybek,Tanlangan asarlar
Xotin uning harakatidan o‘pich ber degan ma’noni angladi A. Qahhor, Notiq

4. 4. Biror ishga kirishish, biror narsa qilishga urinish; intilish, tirishish. O‘g‘lini o‘qitish uchun qilgan hamma harakatlari bekor ketdi. Sherali hamshiraning harakatini kuzatarkan, yuragi siqilib, zo‘rg‘a gapirdi. S. Karomatov, Oltin qum
Mutalning birinchi harakati bo‘sh ketdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Ahmadjon bir harakat bilan pulemyot tepkisini bosdi. A. Qahhor, Oltin yulduz

5. 5. Payida bo‘lish; taraddud. Rejamiz amalga oshayotganiga suyunib, to‘y harakatiga tushdik. Mushtum
Qorining xotini dasturxon harakatida yurganida, u gap boshladi. Mirmuhsin, Bir xum tilla
Yaxshisi, qayin otangga uzringni aytib, bu uydan ketish harakatini qil. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

6. 6. Xatti-harakat; qiliq. Uning bu harakatlari ko‘pchilikni ranjitdi. Sirojning gap va harakatlaridan samimiyat, soddalik yog‘ilib turar edi. F. Musajonov, Huri

7. 7. Makonda biror yo‘nalish bo‘yicha bo‘ladigan siljish, yurish va boshqalar Ko‘cha harakati. Yo‘l harakati qoidalari. Transportlar harakati.

8. ko‘chma hma O‘sish, rivojlanish. Jamiyat olg‘a qarab harakat qilar ekan, yoshlar ham o‘sha baravarda o‘sishlari kerak. Gazetadan

9. fls. ls. Moddaning yashash usuli, uning umumiy ajralmas xususiyati, moddiy dunyoning o‘zgarishi va rivojlanishining to‘xtovsiz jarayoni. Modda doimo harakatda. Materiyaning asosiy namoyon bo‘lishi esa harakat, fazo va vaqt bilan bog‘langandir. Fan va turmush

10. 10. Ma’lum maqsadga qaratilgan aqliy yoki jismoniy faoliyat; ish, mehnat. Harakat, harakatda — barakat. Maqol
Polvonyopda kecha-yu kunduz harakat to‘xtamas, yuk ortilgan kemalar bu keng, sun’iy anhor orqali Amudaryoga borar, undan Orol dengiziga tushib, G‘azzoliga ketardi. S. Siyoyev, Yorug‘lik

11. ko‘chma chma Belgili maqsad ko‘zda tutilgan ijtimoiy faoliyat. Milliy ozodlik harakati. Ishchilar harakati. Tajovuzkorlik harakati. Yadro qurollaridan voz kechish harakati. Afg‘oniston mustaqilligini ko‘zlovchi yosh afg‘onlar harakati boshlanadi. Mirmuhsin, Chodrali ayol

12. 12.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: urinmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Urinmoq – harakat qilmoq – intilmoq – tirishmoq – unnamoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli-kuchsiz ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.