1. 1. Haq-huquqdan mahrum etilgan, haq-huquq toptalgan holat.
Bu qanday kun, bu qanday haqsizlikki, sening inon-ixtiyoringga ham chang solib, sening nomingdan boshqalarning nikohiga ham rozilik beraverishadi.
K. Yashin, Hamza
Mening boshimga haqsizliklar, haqoratlar, xo‘rliklar tushgandan keyin oq-qorani ancha taniydigan bo‘ldim.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
2. 2. Nohaq ish, xatti-harakat; nohaqlik.
Podshoning mardikor olish to‘g‘risidagi farmoni ustida so‘z qo‘zg‘alarkan, xalq har xil jabr, zulm, haqsizliklardan achchiq shikoyat qilar edi.
Oybek, Tanlangan asarlar
Jahon tinchligiga xavf solsa birov, Haqsizlik yuz bersa, qololmayman jim.
Uyg‘un, Hayot chaqiradi