1. 1. Asosan pul solib, yonda, cho‘ntakda olib yuriladigan xaltacha; karmon.
Me’mor qo‘ynidan hamyonini olib, ellik dinor sanab berdi.
Mirmuhsin, Me’mor
Sattorov cho‘ntagidan hamyon chiqardi. Ko‘k ellik so‘mliklarni ko‘rib, xolaning ko‘zlari o‘ynadi.
Yu. Shomansur, Qora marvarid
Podshoh bir hamyon tilla berib, shahzodani yo‘lga solibdi.
Ertaklar
2. ko‘chma s.t. .t. Cho‘ntak (pul solinadigan joy ma’nosida).
O‘g‘rining katta-kichigi bo‘lmaydi. Hamyondan o‘margani bir so‘mmi, yuz so‘mmi, bari bir — kissavur.
Gazetadan
3. ko‘chma hma Kimsa ixtiyoridagi, unga tegishli pul, mablag‘.
Hisobini bilmagan — hamyonidan ayriladi.
Maqol
Oliy o‘quv yurtlarida esa ota-onaning mansabiga, hamyoniga qarab o‘qishga qabul qilish hollari ildiz otib ketgan edi.
Mushtum
Poshsha xola jonini sug‘urganday, hamyonidan pul sarflab, katta to‘y qilib berdi.
D. Nuriy, Osmon ustuni