Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {hamiyat}
So‘z bo‘g‘inlari: ha-mi-yat
Izoh(lar)i:
hamiyat ot

1. 1. Or-nomusini, qadr-qimmatini pok saqlash tuyg‘usi; oriyat. Tamagirlik —inson hamiyatini yerga uradi. Gazetadan
[Sharofat] O‘rtaga tushmoqchi bo‘lgan kimnidir yuladi; hamma erkaklarni hamiyatsiz, hamma xotinlarni buzuq, deydi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

2. 2. Insoniylik his-tuyg‘usi; shunday his-tuyg‘uli munosabat. kamtarin bir keksadaki shuncha himmat va hamiyat bo‘lsa ish baror topmasligi ham mumkinmi!? H. Nazir, Mayoq sari
sizning xizmatlaringizni, hamiyatingizni hech vaqt unutmaydilar. Oybek, Tanlangan asarlar
Zamondan zamon o‘tib, ularning [odamlarning] dilida yaxshilik, muruvvat, hamiyat, insof-u adolat chirog‘i yonarmikan S. Siyoyev, Avaz

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ahamiyat [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. ahamiyat bermoq: zarur, foydali deb qarab diqqat qildi

2. hamiyatiga tegmoq: hamiyat

1. Ahamiyatli – e’tiborli – muhim
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(tushuncha doirasining keng-torligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.