Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {guvoh}
So‘z bo‘g‘inlari: gu-voh
Izoh(lar)i:
guvoh ot

1. 1. Bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan yoki ularning haqiqatan ham bo‘lganligini tasdiqlash uchun shu ish bo‘lgan joyga maxsus chaqirilgan kishi; shohid. Sidiqjon o‘n bir guvohni yoniga olib, rayonga jo‘nadi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Men inqilobgacha va inqilobdan so‘ng dehqonlarimiz kechirgan hayotlarining jonli guvohiman. N. Safarov, Olovli izlar

2. huq. uq. Sud yoki tergovdagi ish yuzasidan o‘z bilganlarini aytib berish uchun sudga chaqirilgan kishi. Sudga guvohlarni chaqirmoq. Tergovchi ham qariyaning guvoh tariqasida ishga aralashtirgani, uning aldanganiga shubha qilmasdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina

3. 3. Voqea-hodisa, fikr, holat va shu kabilarning to‘g‘riligini tasdiqlovchi narsa; dalil. Kishini mehnat ulug‘laydi. Siz-biz ko‘rgan hurmat-ehtirom — buning guvohi. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: shohid [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.