1. 1. Bir to‘p odam, to‘da. Jangchilar kichik guruhlarga bo‘linib, qishloq oralab ketdilar. Oybek, Quyosh qoraymas Bir guruh eski tanishlarim bilan suhbat qurdim. Sh. Rashidov, Yangi yer haqida so‘z
2. 2. Maqsad, maslak, faoliyat va shu kabilar umumiyligi asosida shakllangan rasmiy yoki norasmiy jamoa. Tekshiruvchilar guruhi. Ilmiy guruh.
3. 3. Umumiy belgi, xususiyatga ega bo‘lgan bir turdagi narsa, hodisalar majmui, turkumi. Yulduzlar guruhi. Sutemizuvchilar guruhi.
4. 4. Dars, mashg‘ulot o‘tkazish maqsadida birlashtirilgan kishilar, talabalar bo‘linmasi, to‘pi. Huquqiy bilimlarni o‘rganuvchilar guruhi. Birinchi kursning arab tilida tahsil oluvchi talabalar guruhi.
5. 5. Tabaqa, toifa; daraja. Ikkinchi guruh nogironi.
1. Guruh – sinf – sistema Ma’nosiga ko‘ra (birlashuvning o‘sib borishiga ko‘ra)
2. Oila – guruh – jamiyat – tabiat – borliq Ma’nosiga ko‘ra (tashkil etuvchilari ko‘lamining oz-ko‘pligiga ko‘ra)