Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {gunohkor}
So‘z bo‘g‘inlari: gu-noh-kor
Izoh(lar)i:
gunohkor sf

1. din. in. Shariat qonuniga, din aqidalariga xilof ish qilgan shaxs, aybdor. Munkar-Nakir bunday gunohkorni birinchi martaba ko‘rishi edi, yana gurzisini ishga soldi. A. Qahhor, Tobutdan tovush

2. 2. Odob-axloq doirasidan tashqari, nojo‘ya ish qilgan shaxs; aybdor. Men Zokir ota bilan Ro‘zimatni qoralab, o‘zimni oqlamoqchi emasman, shular qatori men ham gunohkorman. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Kishi o‘zini gunohkor his qilsa, beg‘am quvnayotganlarga havasi keladi. P. Qodirov, Uch ildiz

3. 3. Jinoyat qilgan, jinoyatchi. Gunohkor bo‘lmoq. Darrov haligi osilish uchun yuborilgan gunohkorlarning orqasidan ot bilan yugur! Dor ostidan bo‘lsa ham qaytarib kel! A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Tergovchi Ota-xo‘ja akani gunohkor qiladigan xat yozib, Zumrad opaning o‘ziga qo‘l qo‘ydirib olmoqchi edi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina

Antonim(lar)i: begunoh [f-t], gunohsiz
Sinonim(lar)i: aybdor [a+f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.