Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {gung}
So‘z bo‘g‘inlari: gung
Izoh(lar)i:
gung ys

1. 1. So‘zlash qobiliyatidan mahrum bo‘lgan; tilsiz, soqov, gungalak. Gung odam. Tegirmonga bug‘doy soldim, Kam ekanin bilmadim, Shu kishiga lapar soldim, Gung ekanin bilmadim. Oq olma, qizil olma
Gung darvesh qabr tepasida o‘tirib, uzoq tilovat qildi. O. Yoqubov, Ko‘hna dunyo

2. ko‘chma. ma. So‘zlash, gapirish huquqidan mahrum bo‘lgan; tilsiz, erksiz. Podsho xizmatidagi inson gung va shol bo‘lishi kerak ekan. Oybek, Navoiy
Atrof yolg‘on bilan to‘lganda, Ichga yutib titroq, nolani, Kattalar gung bo‘lib qolganda, Qutla chin so‘z aytgan bolani. X. Davron, Tungi bog‘lar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: soqov
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: go‘ng Chorva (qoramol, qo‘y-echki, ot) va parrandalar axlati; o‘g‘it.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.