Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {go‘dak}
So‘z bo‘g‘inlari: go‘-dak
Izoh(lar)i:
go‘dak ot

1. 1. Emadigan, ko‘krakdan ajratilmagan, odatda bir yoshgacha bo‘lgan bola; chaqaloq. Oilada tug‘ilsa go‘dak, Unga suyib qo‘yarlar ism. A. Oripov
Esli bolalar ham ko‘rinmaydi. Go‘daklar esa beshikda, daraxtlar orasidagi belanchaklarda uxlab yotishadi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Voyaga yetmagan, ona suti og‘zidan ketmagan bola, yosh bola. Musulmonqul o‘zini mingboshi e’lon qilib, aqlsiz bir go‘dakni xon ko‘tarib, el yelkasiga mindi. A. Qodiriy, Utgan kunlar
O‘qituvchi yolg‘iz bilim bermaydi. U go‘dakni odam qiladi. N. Safarov, Olovli izlar

3. ko‘chma hma Yetarli turmush tajribasiga ega bo‘lmagan, xom, g‘o‘r odam. Baring go‘dak, hali nodon bolasan, Har ish qilsang ham, bitmagan, chalasan. Ravshan
Dildor A’zamjonni ko‘rdi-yu, Nizomjon ko‘ziga bir yosh bola, go‘dak bo‘lib ko‘rindi-qo‘ydi. S. Ahmad, Ufq

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Chaqaloq – go‘dak – bola – o‘smir – yigit – chol
Ma’nosiga ko‘ra
(ulg‘ayganlik belgisiga ko‘ra)

2. Chaqaloqlik – go‘daklik – bolalik – yoshlik – o‘smirlik – yigitlik – keksalik
Ma’nosiga ko‘ra
( davrlariga ko‘ra)

3. Go‘daklik – chaqaloqlik – bolalik – yoshlik – o‘smirlik – yigitlik – keksalik – qarilik
Ma’nosiga ko‘ra
(davriy bosqichiga ko‘ra)

4. Ninni – go‘dak – chaqaloq – bola – o‘smir – yigit – o‘rta yosh – chol
Ma’nosiga ko‘ra
(yosh xususiyatining katta-kichikligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.