1. 1. Odatda jun, ipakdan to‘qilib, yerga, polga to‘shaladigan yoki bezak uchun xona devorlariga osib qo‘yiladigan uy jihozi; badiiy to‘qimachilik buyumi.
Ipak gilam. Turkman gilami.
▬
Osti taxta pol bo‘lgani holda, polning ustiga qizil gilam tashlangan, ikki yon devorga ham qizil gilamchalar qoqilgan edi.
S. Ayniy. Qullar.
Asl gilamlar to‘shalgan bu xonaning to‘rida hozir Ahmad Tanbal o‘tiribdi.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. ko‘chma poet. et. Yer betini qoplab olgan maysa yoki gul.
Cho‘pon qo‘buz chalib, mollarin yoydi Barqit gilam yozgan tepa, qirlarga.
Uyg‘un
Shamol maysalar orasida lola gilamlarini siljiydi.
Oybek, Oltin vodiydan shabadalar.
3. sprt. rt. Kurash tushiladigan sport anjomi; tatami.
Gilamda yengil vaznli polvonlar kurashmoqdalar.