Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {gerday} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: ger-day-moq
Izoh(lar)i:
gerday fl

1. 1. Viqor bilan ko‘kragini kerib, qaddini rostlab yurmoq. Barot polvon devday gerdayib turgan mingboshining yoniga bordi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Boyvachcha ko‘chada, xalq orasida qanday bo‘lsa, uy ichida ham shunday gerdaygan, zug‘umli edi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. ko‘chma hma Ortiq darajada mag‘rurlanmoq, manmanlik qilmoq, kerilmoq, kekkaymoq. Ma’lumotim yetarli, deb gerdaygan kishi ko‘p bilimlardan bebahra qoladi. R. Usmonov, Odobnoma
G‘afur G‘ulomning bu gaplari, albatta, hozirgina kirib kelgan, aruzda to‘rttagina g‘azal yozib gerdayib yurgan kishiga ishora edi. Shukrullo, Saylanma

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: kerilmoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.