1. 1. Yer kurrasi va uning sathini, iqlimini, Yer yuzida aholi va moddiy resurslarning joylanishini, turli hudud va mamlakatlarda ishlab chiqarish sharoiti va ishlab chiqarishning taraqqiyoti xususiyatlarini o‘rganuvchi tabiiy va ijtimoiy fanlar majmui.
Tabiiy geografiya. Iqtisodiy geografiya. Geografiya ta’limi. -Nega o‘qimaydi, o‘qiydi, —
▬
dedi geografiya o‘qituvchisi Dilfuzaga qaragancha bosh silkib.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Muallimlari boshchiligida geografiyadan ekskursiyaga kelishgan edi.
S. Karomatov, Oltin qum
2. 2. Biror narsaning Yer yuzida yoki uning ma’lum hududida tarqalish, taqsimlanish doirasi.
Hayvonot geografiyasi. Tuproq geografiyasi.