Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {gavda}
So‘z bo‘g‘inlari: gav-da
Izoh(lar)i:
gavda [gav-da ]

1. Inson yoki hayvon tanasining umumiy ko‘rinishi; jussa, qad. Jo‘raboy otaning uzun qotma gavdasi qorong‘ida ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. H. G‘ulom, Mash’al

2. Tan, tana (vujud bilan jon qarama-qarshi quyilganda). Yo‘q, yurdi emas, oyoqlarini ixtiyoriga qarshi sudradi. Lekin joni qolib, quruq gavdasi ketar edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

3. Jonsiz tana, murda, jasad. Darvozadan o‘n odim narida boshi tanidan uzilgan uch kishining gavdasiga yo‘liqdilar. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

4. Biror narsaning borlig‘i, tanasi, ko‘rinishi. Hovli o‘rtasida chirik gavdasi o‘raday o‘pirilgan qari bahaybat tol Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: jussa [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Gavdalantirmoq – xayol surmoq – hukm chiqarmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(tasavvurning natijasiga ko‘ra))

2. Gavdali – jussali – barvasta – norg‘ul – qomatdor – barzangi
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligining oshib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.