Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {gap}
So‘z bo‘g‘inlari: gap
Izoh(lar)i:
gap [gap ]

1. So‘zlar orqali bayon etilgan fikr; so‘z, nutq. — Siz tushunmay yotibsiz! — dedi Kumush va eshikdan oyoq tovushini sezib, gapni shu yerda to‘xtatdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

2. Nutq vositasida ifodalangan fikr, o‘y, mulohaza. G‘ulomjon g‘alati bo‘lib ketdi. Ko‘ngliga: Nahotki, xudo balolarni menga goh pari, goh dev sifatida yuborsa! — degan gap keldi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

3. Ma’lumot, shingil axborot, xabar; mish-mish. Yodgor zamonaviy Italiya arxitekturasiga oid gaplarni yana o‘qishga tushdi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

4. Umuman biron ish, voqea-hodisa va shu kabilar O‘limdan xabarim bor-u, bu gapdan xabarim yo‘q Gazetadan

5. Gina, kudurat. Ko‘nglingizda shunchalik gapingiz bor ekan, ota-onam shunchalik joningizga teggan ekan, bir og‘izgina, hay xotin, men siqilib ketdim, uy ajratib chiqib ketaylik, desangiz bo‘lmasmidi? A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

6. Tugal fikr anglatgan so‘z yoki so‘zlar birikmasi. Bosh gap. Sodda gap. Ko‘chirma gap. Gap bo‘laklari. darslikdan

7. Gap kelganda, otangni ayama!Tanqidiy fikr bo‘layotganda, hech kimni yuz-xotir qilma. — Majlisda katta-kichik degan gap bo‘lmaydi, gap kelganda, otangni ham ayama! — dedi Safarov. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: voqea [a]

1. gap I Ot
nutq; fikr ifodasi; ish, vazifa, masala. Gram. Fikr ifodalashga xizmat qiluvchi sintaktik birlik

2. gap II Ot
navbat asosidagi ulfatchilik, ziyofat

Paronimi: mavjud emas.

Bog‘langan qo‘shma gap sodda gapning o‘zaro teng bog‘lovchi yordamida bog‘lanishidan tuziladi: Kechasi qalin qor yog‘di, lekin havo sovimadi.Tarkibidagi sodda gapning o‘zaro mazmun munosabatiga ko‘ra bog‘langan qo‘shma gap quyidagi turga bo‘linadi: 1) biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gap; 2) zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gap; 3) ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gap; 4) inkor munosabatli bog‘langan qo‘shma gap.

Biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gap. Bunday bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gap o‘zaro va, hamda bog‘lovchisi, ham, -u(-yu), -da yuklamasi yordamida bog‘lanadi va bir paytda yoki ketma-ket ro‘y bergan voqea-hodisani ifodalaydi: 1.Mashg‘ulot tugadi va hamma o‘z uyiga tarqaldi. 2. Bahor keldi va o‘z sepini yoya boshladi. 3.Qattiq izg‘irin ko‘tarildi-da, hech kimni uydan chiqarmay qo‘ydi. 4. Odam qo‘li tegdi-yu, tashlandiq yerlarni obod qildi.Gapni yuklama bog‘lasa, undan keyin vergul qo‘yiladi.

Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gap. Bunday gap tarkibidagi sodda gap o‘zaro ammo, lekin, biroq bog‘lovchisi, -u(-yu) yuklamasi, balki vazifadosh bog‘lovchisi (modal so‘z)yordamida bog‘lanadi: Yurtimning bu kuni chiroyli, lekin ertasi, indini yana chiroyliroq, baxtliroq bo‘ladi. Havo ochildi-yu, harorat sezilmadi.Ba’zan zidlik mazmunini kuchaytirish uchun zidlov bog‘lovchisi va -u (-yu) yuklamasi birga ishlatiladi: Kechasi qor yog‘di-yu, lekin kunduzi darrov to‘xtadi. Bunday qo‘shma gapdazidlov bog‘lovchisidan oldin, yuklamadan esa keyin vergul qo‘yiladi.

Ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gap. Bunday gapdagi sodda gap o‘zaro goh...goh, yo...yo, yoki...yoki, ba’zan…-ba’zan…, dam.,.dam, yoxud...yoxud ayiruv bog‘lovchisi yordamida bog‘lanadi. Ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap voqea-hodisaning galma-gal bo‘lishini yoki undan biri bo‘lishini ifodalaydi: Goh osmonni tutib ashula yangrar, goh allaqayerdan garmon tovushi eshitilib qolar edi. Ayiruv bog‘lovchisi, odatda, gapning boshida keladi.Takrorlanib qo‘llangan ayiruv bog‘lovchisining keyingisidan oldin vergul qo‘yiladi, bunday bog‘lovchi yakka qo‘llansa, tinish belgisi ishlatilmaydi.

Inkor munosabatli bog‘langan qo‘shma gap. Bunday gap qismi o‘zaro takror qo‘llangan nainkor yuklamasi orqali bog‘lanadi va gap orasiga vergul qo‘yiladi: Na suv bor, na biron yemish qolibdi. Inkor bog‘lovchisi ham, odatda, sodda gapning boshidakeladi.

 

Bog‘lovchisiz qo‘shma gapsodda gapning bog‘lovchi vositasiz, ohang yordamida birikishidan tuzilgan qo‘shma gap turi: Kech kirdi, tevarak-atrofga qorong‘ilik tusha boshladi. Bu qo‘shma gapdagi sodda gap o‘zaro faqat ohang yordamida bog‘lanadi. Bog‘lovchisiz qo‘shma gapning quyidagi turi mavjud: 1) bog‘langan qo‘shma gapga sinonim bo‘lgan bog‘lovchisiz qo‘shma gap: Tig‘ yarasi tuzaladi, til yarasi tuzalmaydi.Bunday gapni bog‘lovchi qo‘yib, bog‘lovchili gapga aylantirish mumkin:Tig‘ yarasi bitar, lekin til yarasi tuzalmaydi; 2) ergashgan qo‘shma gapga sinonim bo‘lgan bog‘lovchisiz qo‘shma gap: Qor yog‘di – don yog‘di. Bunday gapni ergashgan qo‘shma gapga aylantirish mumkin: Qor yog‘di, go‘yoki don yog‘di (o‘xshatish); 3) bog‘langan qo‘shma gapga ham, ergash gapli qo‘shma gapga ham sinonim bo‘lmagan bog‘lovchisiz qo‘shma gap: Xushxabar olib keldim: garnizon yanchildi.Bunday gapnibog‘lovchi vosita yordamida boshqa tur ergash gapga aylantirib bo‘lmaydi.

Bog‘lovchisiz qo‘shma gapda tinish belgisi.Bog‘lovchisiz qo‘shma gapda ohang muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun tinish belgisining ahamiyati katta: 1) agar bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismi bir paytda yoki ketma-ket yuz bergan voqea-hodisani ifodalasa, vergul qo‘yiladi: Arava g‘ijirlab borar, aravakash esa xirgoyisini bir zum ham to‘xtatmas edi;2)  agar bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismi mazmunan bir-biridan ancha uzoq bo‘lsa, nuqtali vergul qo‘yiladi: Yomg‘ir chelakdan quyganday sharillab yog‘ardi; uning xayoli uzoq, yoshlik paytlarida kezmoqda; a) bog‘lovchisiz qo‘shma gapning ikkinchi qismi birinchi qismning sababini bildirsa, izohlasa, to‘ldirsa, ular orasiga ikki nuqta qo‘yiladi: Gap shu: ertaga men bilan yo‘lga chiqasiz;b) agar bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismi o‘zaro zidlik yoki o‘xshashlik munosabatiga kirishgan bo‘lsa, tire qo‘yiladi: Qor yog‘di – don yog‘di. Yoshim yetmish ikkida – o‘zim yigitman.

Ergash gapli qo‘shma gap – birdan ortiq sodda gapning mazmun jihatdan tobe-hokim munosabati asosida, ya’ni birining boshqasiga ergashishidan tuzilgan qo‘shma gap turi: Ildiz oziq bersa, novda ko‘karar. Ergashgan qo‘shma gapda bosh gap va ergash gap bo‘ladi. Berilgan gapda birinchi gap – ergash gap, ikkinchi gap - bosh gap.

Bosh va ergash gap. Boshqa gapni o‘ziga tobe qilib kelgan gap bosh gap hisoblanadi. Bosh gapga ergashib, uni izohlab kelgan gap ergash gap deyiladi: Ta’til boshlansa, biz shaxmat musobaqasini o‘tkazamiz. Bu gapning Ta’til boshlansa qismi ergash gap, biz shaxmat musobaqasini o‘tkazamiz qismi esa bosh gap. Ergash gap bosh gapni butunicha yoki uning biror bo‘lagani izohlaydi: Rais ko‘rindiki, hamma tinchlanadi gapida ergash gap bosh gapni butunicha izohlayapti. Siz shuni unutmangki, kurashchilar yolg‘iz emas gapida esa ergash gap bosh gap tarkibidagi olmosh bilan ifodalangan to‘ldiruvchini (shuni) izohlayapti. Ergash gap bosh gapdan oldin, undan keyin yoki uning ichida kela oladi: O‘qituvchi, qo‘ng‘iroq chalinsa, sinfga kiradi. Bu gapda ergash gap bosh gap ichida kelgan. Ergash gap bosh gapga chunki, shuning uchun, -ki, agar, garchi, mabodo, go‘yo(ki) (ayrim darslikda go‘yo bog‘lovchisi bog‘lovchi vazifasidagi so‘z deb atalgan) kabi ergashtiruvchi bog‘lovchi, fe’lning ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakli, shuningdek, yuklama, ko‘makchi, turli vazifadagi ko‘rsatish olmoshi, kim – u, qanday – shunday, qancha – shuncha, qaysi – o‘sha, qayerda – u yerda kabi bir-biriga ishora ma’nosini bildiradigan so‘roq olmoshi va ko‘rsatish olmoshidan iborat nisbiy so‘z, sababli, tufayli, deb so‘zi orqali bog‘lanadi: 1.Biz kitobni sevamiz, chunki u bilim manbai. 2. Hosil to‘kin bo‘lsa, to‘ylar to‘xtamas. -ki, shuning uchun bog‘lovchisi bosh gap tarkibida, boshqa bog‘lovchi esa ergash gap tarkibida bo‘ladi. Bunda ega tarkibidagi -ki bog‘lovchisini e’tiborga olmaslik kerak. Misol: 1.Siz shuni unutmangki(bosh gap),kurashchilar yolg‘iz emas(ergash gap). 2.Kitob bilim manbai (ergash gap), shuning uchun biz uni sevamiz (bosh gap). 3.Rais kirsa (ergash gap), hamma tinchlanadi(bosh gap). 4.Biz kitobni sevamiz(bosh gap),chunki u bilim manbai (ergash gap). 5. Hosil to‘kin bo‘lsa (ergash gap),to‘ylar to‘xtamas(bosh gap). 6.Kimki yomonlar suhbatidan qochsa(ergash gap),u yaxshilar suhbatiga erishadi(bosh gap). Ergash gap gap bo‘lagiga o‘xshaydi. Uning quyidagi turi mavjud: 1) ega ergash gap; 2) kesim ergash gap; 3) to‘ldiruvchi ergash gap; 4) aniqlovchi ergash gap; 5) hol ergash gap:a) payt ergash gap; b) o‘rin ergash gap; d) sabab ergash gap; e) maqsad ergash gap; g) shart ergash gap; h) to‘siqsiz ergash gap; i) miqdor-daraja; j) o‘xshatish ergash gap; k) natija ergash gap. E’tibor qilinsa, hol ergash gapning 9 turi ikkinchi darajali bo‘lak bo‘lgan holning ma’no turini eslatadi. Aslida aniqlovchi ergash gap ham sifatlovchi-aniqlovchi ergash gap, qaratqich-aniqlovchi ergash gap, to‘ldiruvchi ergash gap vositali to‘ldiruvchi ergash gap, vositasiz to‘ldiruvchi ergash gap kabi turga bo‘linishi kerak edi. Lekin o‘zbek tilshunosligida bunday bo‘linish an’ana emas.

1. Ega ergash gap bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan eganiizohlaydi. U bosh gap bilan birga ega ergash gapli qo‘shma gap hisoblanadi. Ega ergash gap -ki bog‘lovchisi va fe’lning shart mayli qo‘shimchasi -sa hamda so‘roq va ko‘rsatish olmoshi (kimki – u, kimki – o‘sha, kimki – o‘zi, nima – o‘sha, nimaiki – hammasi) yordamida bog‘lanadi: Kimki yomonlar suhbatidan qochsa, u yaxshilar suhbatiga erishadi. Ba’zan bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan ega tushirilishi mumkin: Sizga ayonki, siz o‘z oilangizdasiz. Bu gapda shu (ega) tushirilgan.

 

Sxemasi:

Bosh gap

Ergash gap

Shunisi .......ki,

...................... .

................... ki,

....................... .

 

Ergash gap

Bosh gap

Kim ...............sa,

u ................ .

Kim ............... sa,

o‘zi ............ .

Kimki ..........-sa,

u ................ .

Kimda-kim ...sa,

u ................ .

Nimaiki ... .sa,

o‘sha.............. .

Nima ...........sa,

o‘sha.............. .

 

2. Kesim ergash gap bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan kesimni izohlab, u bosh gap bilan birga kesim ergash gapli qo‘shma gapni hosil qiladi: Uch og‘ayni botirlarning eng yaxshi fazilati shuki, ular xalqdan ajralib qolishni istamaydi. Kesim ergash gap bosh gapga -ki bog‘lovchisi, o‘rin-payt va bosh kelishigidagi shu, kimsan olmoshi yordamida bog‘lanadi. Ba’zan bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan kesim tushiriladi: Yaxshisi, sen darsingni tayyorla.

 

Sxemasi:

Bosh gap

Ergash gap

.................. shuki,

................... .

.............….. shu yerdaki,

................... .

...........……..shundaki,

................... .

............……. shundayki,

................... .

 

3. To‘ldiruvchi ergash gap bosh gapdagi ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan to‘ldiruvchini izohlaydi. To‘ldiruvchi ergash gap bosh gap bilan birgalikda to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapni tashkil etadi. To‘ldiruvchi ergash gap, odatda, bosh gapga -ki bog‘lovchisi, -sashart mayli qo‘shimchasi yordamida bog‘lanadi. Shuni bilingki, har bir yangilik bexosiyat bo‘lmaydi. Kimda gumoning bo‘lsa, uni ko‘zdan qochirma. Bosh gap tarkibida shuni, shunga, shundan kabi to‘ldiruvchi qatnashadi. Ba’zan bu to‘ldiruvchi tushirilishi mumkin: Iltimos qilamanki, oldin rais so‘zlasin. Bu gapda shunito‘ldiruvchisi tushirilgan.

 

Sxemasi:

Bosh gap

Ergash gap

Shuni............. –ki,

............ .

Shundan,....... -ki,

............. .

Shunga............-ki,

............ .

.....................….-ki,

............. .

Buni................ -ki,

.............. .

 

Ergash gap

Bosh gap

Nima (ni)....... –sa,

shuni .... .

Kimda............ –sa,

uni......... .

Nima bilan....-sa,

o‘shani.. .

 

4. Aniqlovchi ergash gap bosh gapda aniqlovchi bo‘lib kelgan olmosh va ayrim sifatni izohlaydi. Aniqlovchi ergash gap bosh gap bilan birgalikda aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap deb yuritiladi. Aniqlovchi ergash gap bosh gapga -ki bog‘lovchisi bilan (bunda bosh gap tarkibida ko‘pincha aniqlovchi bo‘lib kelgan shunday, ayrim, ba’zi so‘zi qatnashadi) yoki -sashart mayli qo‘shimchasi bilan (bunda ergash gap tarkibida qanday, qaysi, kimning kabi olmosh, bosh gap tarkibida esa shu, shunday, o‘sha, uning, ba’zi, bir xil, ayrim, bir, bir qancha kabi olmosh bo‘ladi) bog‘lanadi: 1. Shunday inson haqida xabar keltirdimki, uning har bir so‘zi gavhar. 2. Kimning ko‘ngli to‘g‘ri bo‘lsa, uning yo‘li ham to‘g‘ri. Ba’zan bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan aniqlovchi tushirilishi mumkin: (Shunday) Odam borki, hayvon undan yaxshiroq.

 

Sxemasi:

Bosh gap

Ergash gap

Shunday........... -ki,

............ .

........shunday....... -ki,

.......... .

......shunday..... -ni..., -ki,

unday........

.... shunday (aniql.)..... -ki,

............

..... shunday (hol)......... -ki,

..............

 

Ergash gap

Bosh gap

.... qaysi....... -sa,

o‘sha....................

 

5. Payt ergash gap – bosh gapdagi ish-harakatning paytini bildirgan ergash gap. Payt ergash gap bosh gap bilan payt ergash gapli qo‘shma gapnitashkil etadi: 1.Sobirjon priyomnikni endi qo‘ygan edi, eshik taqillab qoldi. Qushlar to‘p-to‘p bo‘lib uchsa, havo ochiq bo‘ladi.

 

Sxemasi:

Ergash gap

Bosh gap

......... -gan edi,

.................... .

......... -ganicha yo‘q edi,

...... .

............ -ar ekan,

.................. .

............. -sa,

......................... .

 

6. O‘rin ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning bajarilish o‘rnini bildirgan ergash gap. U bosh gap bilan birgalikda o‘rin ergash gapli qo‘shma gap deyiladi: Qayerda intizom kuchli bo‘lsa, shu yerda tartib bo‘ladi. Bog‘lovchi vositasi: -sa (qayerdan, qayga, qayerga, qayerda, shu yerda, o‘sha yerda, shunda, shu yerga, shu yerdan, u yerda) -mang, -masin, ekan: Qaerda suv bo‘lsa, o‘sha yerda hayot bo‘ladi.

 

Sxemasi:

Ergash gap

Bosh gap

.......qayerga .. -sa,

o‘sha yerga......

......qayerda ...-sa,

o‘sha yerda,.....

.......qayga.......-sa,

o‘sha yerda, .... .

.......-mang,

u yerda ...........

......-masin,

o‘sha yerda........

.........qayerda,

shu yerda.......

 

7. Sabab ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning sababini bildiradi. U bosh gap bilan birga sabab ergash gapli qo‘shma gap deb nomlanadi: Qayrilishlar tobora ko‘payib, mashinaning tezligi susaya boshladi. Bu uylar ilgari bedaxona bo‘lganidan, darchasi ham yo‘q edi.

 

Sxemasi:

Ergash gap

Bosh gap

.............,

shuning uchun...........

...........shekilli,

...................

...........-gan bo‘lsa kerak,

......

...............-mi,

........................

 

Bosh gap

Ergash gap

............,

chunki.................

................ ,

negaki...............

.............,

sababki.................

.....shuning uchun......-ki,

......................

...............-ki,

......................

 

8. Maqsad ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning nima maqsadda yuzaga kelishini bildiradi. U bosh gap bilan birga maqsad ergash gapli qo‘shma gap deb nomlanadi. Bog‘lovchi vositasi: deb, -sin deb, -di deb, -ar deb, -sa deb, -mi ekan (deb, deya, uchun), toki: 1.Odamlar yaxshi yashasin deb, tinchlikka imzo chekdik. 2.G‘o‘za miriqib ichsin uchun, suv tekis oqizildi.

 

Sxemasi:

Ergash gap

Bosh gap

..............deb,

......................

...........-sin deb,

.................

...........-di deb,

..................

..........-ar deb,

..................

............-sa deb,

..................

.............-mi ekan deb,

.............

.................-deya,

........................

 

Bosh gap

Ergash gap

..............,

toki.........................

..............,

.................-sin deb.

 

deb yarim bog‘lovchisi buyruq va shart mayli, kelasi zamon fe’lidan keyin kelsa, maqsad ma’nosini, o‘tgan zamon fe’llaridan keyin kelsa, sabab ma’nosini bildiradi.

9. Shart ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning qanday shart bilan bajarilishini bildiradi. U bosh gap bilan birga shart ergash gapli qo‘shma gap deyiladi. Bog‘lovchi vositalar: -sa, -sa edi, agar, mabodo, bordi-yu, -ganda(edi), -r(-ar) ekan, -gan ekan, -mi, bo‘lmasa, yo‘qsa, -may, bo‘lay desang, -sinki.Misol:Agar suv bo‘lsa, cho‘l-u sahrolar bo‘stonga aylanadi.

 

Sxemasi:

Ergash gap

Bosh gap

(Agar).............-sa,

...................

(Agar)..........-sa edi,

...................

(Agar)..........-ganda,

...................

(Agar)..........-ganda edi,

...................

(Bordi-yu).....-r(-ar) ekan,

...................

(Mabodo).....-gan ekan,

...................

(Agar)........-moqchi ekan,

...................

...............-mi,

...................

............,

bo‘lmasa...................

...........,

yo‘qsa...................

............bo‘lay desang, .........

...................

 

Bosh gap

Ergash gap

.............-sinki, ...................

...................

 

10.To‘siqsiz ergash gap bosh gapning mazmuniga zid bo‘lsa ham, unda ifodalangan voqea-hodisaning yuzaga kelishiga to‘siq bo‘la olmaydigan fikrni anglatadi. U bosh gap bilan birga to‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gap deyiladi. Bog‘lovchi vositasi: -sa ham(ki), qancha, qanchalik, naqadar, garchi, garchand, -ganda ham, -sa -da, -ganda -da, -gani bilan, -masin, qaramay, qaramasdan, -i(ib), -gani holda, -di hamki, xoh...xoh (-sa -masa), -sa. Misol:Quyosh yashiringan bo‘lsa ham, kunduzning yorug‘ligi hali so‘nmagan edi. Ba’zan garchi so‘zi qo‘llanishi mumkin.  

 

Sxemasi:

Ergash gap

Bosh gap

Qancha .......-sa ham,

.........

Qancha ....-sa hamki,

.........

...............-sa-da,

................

......... –gani bilan,

............

............ -qaramay,

.............

.......... -masin,

..................

..............qaramasdan,

.............

.............-gani holda,

................

........... hamki,

.....................

.............. -sa...-masa,

.............

.............. -sa... -diki,

.............

................ -sa,

.........................

 

11. Miqdor-daraja ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning bajarilish miqdor-darajasini bildiradi. Bu gap bosh gap bilan birga miqdor-daraja ergash gapli qo‘shma gap deb yuritiladi: U qancha qizishsa, men shuncha sovuqqon tus olardim.

 

Sxemasi:

Ergash gap

Bosh gap

.... qancha ..... -sa,

....shuncha .....

. ...qanchalik...-sa,

..shunchalik.. .  

...qancha ..... -sa,

...shunchalik .....

....qanchalik..-gan sayin,

..shunchalik

 

12. O‘xshatish ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning qay tarzda bajarilishini o‘xshatish yo‘li bilan bildiradi. U bosh gap bilan birga o‘xshatish ergash gapli qo‘shma gap deb nomlanadi: Chirildoqlarning mayin musiqasi hamma yoqni to‘ldirgan, go‘yo kechaning o‘zi kuylaydi.

 

Sxemasi:

Ergash gap

Bosh gap

....qanday....-sa,

shunday ........

 

Bosh gap

Ergash gap

............-ki,         

go‘yo ...............

............ -ki,

xuddi ..............

 

13. Natija ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning natijasini bildiradi. U bosh gap bilan birga natija ergash gapli qo‘shma gap deyiladi. Natija ergash gap bosh gapga -ki bog‘lovchisi yordamida bog‘lanadi. Bosh gap tarkibida shunday, shu qadar, shunchalik, shu darajada, shuncha, chunonkabi so‘z, ergash gap tarkibida esa natijada, oqibatda, hatto kabi so‘zlar qo‘llanishi mumkin: Do‘l bir zumda shunday yog‘diki, yer oppoq bo‘lib ketdi. Azimboy shunday zulm o‘tkazdiki, oqibatda xalqning sabr-kosasi to‘ldi.

 

Sxemasi:

Bosh gap

Ergash gap

....shunday ..... -ki,

natijada .....

...shu qadar....-ki,

oqibatda... .

....shunchalik ....... -ki,

..................

. ...shu darajada ...... -ki,

.......

. ...shuncha ......... -ki,

..............

. ...chunon .......... -ki,

.................

 

Ergash gapning turini aniqlashga doir. Ergash gapning turini aniqlashda qo‘shma gapni sodda gapga aylantirish amaliyoti yaxshi samara beradi. Bu bir necha bosqichdan iborat. Qo‘shma gapni sodda gapga aylantirganda, ergash gap bosh gapning tarkibiga kirib, bitta gap bo‘lagiga aylanadi. Mas., Qayerda intizom kuchli bo‘lsa, shu yerda tartib bo‘ladiqo‘shma gapini sodda gapga aylantirish uchun dastlab undagi bosh va ergash gapni aniqlab olish lozim. Ushbu gapda ikkita gapni -sa shart mayli qo‘shimchasi bog‘lamoqda. Bog‘lovchi vosita turganQayerda intizom kuchli bo‘lsaqismi ergash gap, shu yerda tartib bo‘ladiqismi esa bosh gap. Ergash gapni bosh gap ichiga kiritamiz: Intizom bor joyda tartib bo‘ladi. Ko‘rinadiki, ergash gap bosh gap tarkibidagi izohlanishni talab qilayotgan shu yerda bo‘lagi o‘rnini egalladi. U o‘rin holi edi. Demak, ergash gap bosh gap tarkibidagi o‘rin holi joyini egallaganligi uchun o‘rin ergash gap deyiladi. Misol keltiramiz: 1. Kimki yomonlar suhbatidan qochsa, u yaxshilar suhbatiga erishadi – Yomonlar suhbatidan qochgan (ega) yaxshilar suhbatiga erishadi.Gap – ega ergash gapli qo‘shma gap. 2. Chambil obod bo‘ldi deb, kelayotir Avazxonday zo‘ravon – Avazxonday zo‘ravon Chambil obod bo‘ldi deb (ravish holi) kelayotir. Demak, bu qo‘shma gap ravish ergash gapli qo‘shma gap. 3. Shuni bilingki, har bir yangilik bexosiyat bo‘lmaydi – Har bir yangilik bexosiyat bo‘lmasligini(to‘ldiruvchi)biling.Bu qo‘shma gap to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap. Boshqa ergash gap haqida ham shunday deyish mumkin. Faqat shart ergash gapli qo‘shma gap sodda gapga aylanmaydi, xolos. Jadvalda ergash gapli qo‘shma gapning sodda gapga aylantirilishiga misol beramiz:

 

Ergash gapli qo‘shma gap

Sodda gapga aylangan ko‘rinishi

Qo‘shma gapning turi

1

Kim birovga chuqur qazisa, unga o‘zi yiqiladi.

Birovga chuqur qaziganning o‘zi unga yiqiladi.

Ega ergash gapli qo‘shma gap

2

Bizda odat shundayki, uyga kelgan mehmonga ham ko‘sak chuvitamiz.

Uyga kelgan mehmonga ham ko‘sak chuvitamiz.

Kesim ergash gapli qo‘shma gap

3

Men shundan qo‘rqamanki, oramizda ham ikkilanuvchilar bor.

Men oramizda ikkilanuvchilar borligidan qo‘rqaman.

To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap

4

Shunday hayot tug‘ildiki, u sensiz yashay olmaydi.

Sensiz yashay olmaydigan hayot tug‘ildi.

Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap

5

U kuchanib qancha qattiq puflasa, pilik shuncha lovillab yonardi.

U kuchanib qattiq puflagan sari qattiq yonardi.

O‘lchov-daraja ergash gapli qo‘shma gap

6

Quyosh havoni isitsa, do‘stlik qalbni isitadi.

Do‘stlik qalbni, quyosh havoni isitadi.

Chog‘ishtirish-o‘xshatish ergash gapli qo‘shma gap

7

Gapni cho‘zishning hojati yo‘q, sababki odamlar tayyor.

Odamlar tayyor bo‘lgani uchun gapni cho‘zishning hojati yo‘q.

Sabab ergash gapli qo‘shma gap

8

O‘tni lovullating, toki batamom kuydirsin, kul qilsin dushmanimizni.

Dushmanimizni kul qilish, kuydirish maqsadida o‘tni lovullating.

Maqsad ergash gapli qo‘shma gap

9

Xolmurod ochiq turgan maktab eshigini berkitishga borsa, ichkaridan ovozlar eshitila boshladi.

Xolmurod ochiq turgan maktab eshigini berkitishga borgan paytda ichkaridan ovozlar eshitila boshladi.

Payt ergash gapli qo‘shma gap

10

Gulsum qayerda o‘ynasa, Xolmurodning ko‘zi ham o‘sha yerda.

Xolmurodning ko‘zi Gulsum o‘ynagan yerda.

O‘rin ergash gapli qo‘shma gap

11

Ko‘zim ilgari ochilgan bo‘lsa edi, men o‘z yuragimni bo‘rilarga yedirar edimmi?

 

Shart ergash gapli qo‘shma gap

12

Soqchi haydasa ham, Kurashevich qirg‘oqdan nari ketmadi.

Soqchining haydashiga qaramasdan Kurashevich qirg‘oqdan nari ketmadi.

To‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gap

13

Yaproqlar shunday tovlanadiki, ko‘zingiz qamashadi.

Yaproqlarning tovlanishi oqibatida ko‘zingiz qamashadi.

Natija ergash gapli qo‘shma gap

 

Gap –ma’lum til qonuniyatlari asosida grammatik jihatdan shakllangan holda tugallangan ohang orqali nisbiy tugal fikr ifodalovchi sintaktik birlik: Paxta terimi qizg‘in davom etyapti. Oltin kuz qanday go‘zal!Gap kesimga ega, bir mustaqil so‘zdan yoki birdan ortiq mustaqil so‘zning ko‘makchi va kelishik yordamida bog‘lanishidan hosil bo‘ladi. Mas., Xatni qalam bilan yozdi gapida -ni,bilan, -di bog‘lovchi vosita hisoblanadi. Bu gap tarkibining grammatik jihatdan shakllanganligi. Gap ohang jihatdan tugallangan bo‘lishi lozim: Kuz. Hamma yoqda ish qaynayapti. Bu gapdagi kuz so‘zi tugallangan ohang bilan aytilgani uchun gap hisoblanadi. Demak, gap: 1) muomalaning eng kichik birligi; 2) nisbiy tugallangan fikrni ifodalaydi; 3) grammatik jihatdan shakllangan bo‘ladi; 4) tugallangan ohang bilan aytiladi.Ko‘rinadiki, tugallangan ohang va fikrga ega, grammatik jihatdan shakllangan, muomalaning eng kichik vositasi hisoblangan yakka so‘z yoki so‘z birikuvi gap deb ataladi.

Gap tasnifi. Gap grammatik va mantiqiy tomonning birligidan iborat, bu yaxlitlik gapni hamma nuqtayi nazardan: maqsadi, tuzilishi, ohang butunligi va hokazoda namoyon bo‘ladi. Gapning bu tomoni uning turlicha tasnif qilinishini ko‘rsatadi. Gap quyidagicha tasnif qilinadi:

  1. I foda maqsadiga ko‘ra.Gap ifoda maqsadiga ko‘ra uch turga ega: darak gap, so‘roq gap, buyruq gap. Darak gap orqali biror narsa haqida xabar beriladi, uning oxiriga nuqta qo‘yiladi: Navoiy ruboiylaridan yodladim.Darak gapdagi xabar keng ma’noli, darak-xabar, orzu-umid, ishonch, ta’kid, g‘urur, maslahat, tashviq, sevinch, taajjub, gumon, achinish, tashvish, g‘azab, norozilik, kinoya kabini ifodalaydi. So‘roq gap orqali so‘zlovchi o‘zi suhbatdoshidan yangi ma’lumot olishga urinadi: Bugun keldingizmi?Yozuvda so‘roq gapning oxiriga so‘roq belgisi qo‘yiladi. Bu gaplar ko‘proq dialogik nutqda uchraydi. So‘roq gap so‘roq olmoshi (kim? nima? qanday? qancha? necha? qaysi? (bunday gap so‘roqqa javob bo‘luvchi so‘zni talab qiladi), so‘roq yuklamasi (-mi, -chi, -a, -ya) yoki so‘roq ohangi bilan hosil bo‘ladi. Bu xil gap ha yoki yo‘q degan javobni talab qiladi. Quyidagi misolda so‘roq ohangi so‘roq vositasi sifatida qatnashgan: Soat ikki bo‘ldi. Ikki bo‘ldi?So‘roq gap ikkiga bo‘linadi: 1) sof so‘roq gapjavob talab qiladi: Siz ertaga kelasizmi? 2) ritorik so‘roq gap javob talab qilmaydi, javobi o‘zida yashiringan va barcha uchun ma’lum bo‘ladi: Men uning to‘satdan kelib qolishini qaydan bilay? Ritorik so‘roq gap quyidagi ma’noni ifodalashi mumkin: – “tasdiq”: Bu Vatanda nimalar yo‘q!– “inkor”: O‘zingdan chiqqan baloga, qayga borasan da’voga! – “taajjub”: Bu nimasi?!– “tashvish”: Meni tashlab ketmaysanmi?! – “g‘azab”: Maqsad nima, maqsad?! – “gumon”: Paxta ham yaxshi ochilmagandir?– “kuchli hayajon”: Tokaygacha ezilamiz, ota?! Buyruq gapda suhbatdoshni nimadir qilishga undash maqsad qilib qo‘yiladi. Bunday gapda iltimos, buyruq, taklif, maslahat, hayratlanish, tashviq, gumon, tashvish, hayajon, g‘azab, yalinish tarzida bo‘lishi mumkin: Avval o‘yla, keyin so‘yla (maslahat); Dadil harakat qil! (buyruq); Ashuladan yana bo‘lsin (iltimos); Qani hamma odam sizday bo‘lsa! (orzu); Nahotki, bu siz bo‘lsangiz! (hayratlanish); Sovqotib qolma, issiqroq yot (g‘amxo‘rlik); Kunning tig‘ida nima qilasan, bu yerga kelib, salqinda o‘tirsang-chi! (tashviq); Qo‘rqqan bo‘lsa kerak! (gumon); Xatdan o‘chir o‘g‘limni hozir! (g‘azab, do‘q). Yozuvda buyruq gapning oxiriga ko‘pincha undov belgisi, ohangiga qarab esa nuqta ham qo‘yilishi mumkin. Ayrim darslikda gap ifoda maqsadiga ko‘ra to‘rt turga ajratiladi: darak gap, so‘roq gap, buyruq gap, istak gap. Istak gapga quyidagacha ta’rif berilgan: "Kesimi -sashaklidagi fe’l bilan ifodalangan gap istak gap hisoblanadi. Xorijiy tilni yaxshi o‘rganib, chet elga o‘qishga borsam. Istak gap oxiriga nuqta (.) qo‘yiladi." Bundan istak gap buyruq gapning ichidan ajralib chiqqanligi ko‘rinib turibdi.

II.His-hayajon ifodalashiga ko‘ra. Gap ohangiga, his-hayajonni ifodalashiga ko‘ra 2 xil: 1) his-hayajonli; 2) his-hayajonsiz. His-hayajonli gap eh, oh, uh, o, uf, obbo kabi undov, qanday, qancha, naqadar, shunday kabi so‘z yoki faqat his-hayajon ohangi bilan hosil bo‘ladi: Eh, bahorning gashtiga nima yetsin! Farg‘ona vodiysi naqadar go‘zal! Paxta terimi boshlandi! His-hayajon ohangi bilan aytilgan darak, so‘roq, buyruq gap his-hayajonli darak/so‘roq/buyruq gapga aylanadi: Dalada qancha odam bor? Dalada qancha odam bor!His-hayajon gap so‘roq gap bo‘lsa, tinish belgisi quyidagicha qo‘yiladi: 1) so‘roq mazmuni kuchli bo‘lsa, oldin so‘roq, keyin undov belgisi qo‘yiladi: Nima bo‘ldi, gapirsangiz-chi?! 2) his-hayajon kuchli bo‘lsa, oldin undov, keyin so‘roq belgisi qo‘yiladi: Farzand qanday oqlar ona haqqini!?3) ayrim holda his-hayajonning o‘ta kuchliligini ifodalash uchun uchta undov belgisi ketma-ket qo‘yiladi: O‘lim – yovga!!!Biror sabab bilan uzilib qolgan his-hayajon gapning oxiriga undov belgisi va undan keyin ketma-ket ikkita nuqta qo‘yiladi: Men yetim o‘sganman, oh, u yetimlik!.. His-hayajonsiz gapda yuqoridagi xususuyatlar bo‘lmaydi.

III.Grammatik asos miqdori (tuzilishi)ga ko‘ra.Ega va kesim birgalikda, bir bosh bo‘lakli gapda kesimning o‘zi gapning grammatik asosini tashkil etadi.Gap tuzilishi, ya’ni grammatik asos miqdoriga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: a) sodda gap; b) qo‘shma gap. Sodda gapda bitta kesim, ya’ni bitta grammatik markaz mavjud bo‘ladi: 1.Dars boshlandi. 2.Yomg‘ir yog‘madi. 3.Bahor keldi.Ba’zan sodda gap egasiz, boshqa bo‘laklar kesimga bog‘lanadi: Bugun Moskvadan ukam bilan uchib keldim. Qo‘shma gapda ikki va undan ortiq kesim, ya’ni kamida ikkita grammatik markaz mavjud bo‘ladi: Qo‘ng‘iroq chalindi va dars boshlandi. Salim kiyindi va yo‘lga tushdi.Qo‘shma gap faqat kesimdan iborat bo‘lishi ham mumkin:Qarasam, qaramaysan.

IV. Bosh bo‘laklar tarkibiga ko‘ra.Gapda bosh bo‘laklar tarkibi to‘liq (ega ham, kesim ham mavjud bo‘lishi) yoki to‘liq bo‘lmasligi (egasi tushirilgan bo‘lishi) mumkin. Shunga ko‘ra gap ikkiga bo‘linadi: 1) bir bosh bo‘lakli gapning grammatik asosi bir bosh bo‘lakdan iborat bo‘ladi:Ota-onalarga yordam berdik; 2) ikki bosh bo‘lakli gapning grammatik asosida ega ham, kesim ham qatnashadi: Biz maktabga bordik.

V. Eganing ishtirokiga ko‘ra. Gapning egasi bor yoki yo‘q bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra: a) egali (shaxsli) gap; b) egasiz (shaxssiz) gap farqlanadi.

Egali gap– egasiifodalangan gap. Bunday gapning egasini kesim orqali so‘roq berish yo‘li bilan tiklash mumkin va u gapda mavjud bo‘ladi: 1. Salim shu vazifani bajarishi shart. 2. Bugun Samarqandga boramiz. Egali gap o‘z o‘rnida ikkiga ajraladi: a) egasi voqelangan gap: Salim shu vazifani bajarishi shart;b)egasi yashiringan gap:1. Bugun Samarqandga boramiz(biz).2. So‘zimning ustidan chiqaman (men).3. O‘ylab ko‘rsin (u).4.Hurmat qilsang, hurmat topasan(hamma). Egasi yashiringan gap quyidagi turga ega: a) egasi (shaxsi) ma’lum gap; b) egasi noma’lum gap; d)egasi (shaxsi) umumlashgan gap; Egasi ma’lum gapda egani kesimdagi shaxs-son qo‘shimchasi orqali tiklasa bo‘ladi. Bunday gapning kesimi, odatda, 1-, 2-, qisman 3- shaxsda bo‘ladi: 1.Masalani yechdingizmi? 2. Shaftolizor bog‘larni ko‘rdim. 3. Derazadan ko‘chaga tikilgani tikilgan. Egasi noma’lum gapning egasi mavjud, lekin aniq bo‘lmaydi:1. Farg‘onada kichiklarni ham sizlashadi. 2. Bu ishni ma’qul deyishadi-ku? Egasi umumlashgan gapda ega ikkinchi va uchinchi shaxsga qaratilgandek bo‘lsa-da, aslida hamma uchun umumiy bo‘ladi. Bunday eganing umumlashishi maqol, matal, hikmatli ibora, odat tusiga kirgan rasm-rusumni bayon etuvchi gapda uchraydi: 1.Hurmat qilsang, hurmat topasan. 2. Sog‘liq tilasang ko‘p yema. 3. Yaxshilikni minnat uchun qilmaydilar. Avtobusga orqa eshikdan kiriladi.         Egasiz gap. Egasiz gapda ega tamoman bo‘lmaydi va gap ma’nosidan anglashilmaydi. Egasi yo‘q gapning:a)shaxsi topilmas gap;b)atov gap; d)so‘z-gapturi farqlanadi.Shaxsi topilmas gapning kesimi fe’l bilan ifodalanadi va ish-harakatni bajarishga imkoniyat, zaruriyat, shart, tilak, istak ma’nosini ifodalab keladi. Bunday gap kesimining eng muhim tomoni kesimdagi shart, lozim, darkor, joiz kabi so‘z bilan kelgan harakat nomi shaxs-sonni ko‘rsatuvchi vositaga ega bo‘lmaydi: 1. Dam olish kuni kitobxonlar yig‘iniga borish kerak. 2. Ko‘ngilda armon qolmasin deb, chilyosin qilishga ham to‘g‘ri keldi. 3. Bu yerda o‘rtoq Ergashevning hushyorligiga tan berish kerak. Shaxsi topilmasgapning kesimi: a) majhul nisbatdagi fe’l: borildi, o‘qiladi, berilayotir; b)-ga to‘g‘ri kelmoq ko‘rinishida murakkablashgan fe’l: borishga to‘g‘ri keldi, aytishga to‘g‘ri keladi; d)harakat nomi + kerak/zarur/shartkabi modal: borish kerak, bilish shart, aytish zarur; Bunda harakat nomi egalik shaklini olsa, egali gapga aylanadi: Borishi kerak (u),aytishim zarur(men).e)-sa bo‘ladi, -ib bo‘lmaydi kabi murakkablashgan holda: Mana buni o‘qish desa bo‘ladi. Oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi. Atov gap narsa-hodisaning nomini o‘tgan yoki hozirgi zamonda qayd etish bilan cheklanadi: 1.Amu-Buxoro kanali. 2.Sentabrning boshlari edi. 3.Hamon yodimdadir: gul chog‘i erdi.Atov gap yig‘iq yoki yoyiq bo‘lishi mumkin: Bahor(yig‘iq)Erta bahor(yoyiq).Uturli sodda va murakkab aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol bilan bemalol kengayadi: 1.Tog‘ bag‘rida qad ko‘targan yam-yashil o‘tov. 2. Qip-qizil saraton quyoshi. 3. Qaqragan ming-ming gektarga hayot suvi olib kelgan qudratli inshoot. 4. Hali ona suti og‘zidan ketmagan qizni qari bir cholga berish. 5.Ilk bahorning serzavq kunlari. Atov gap badiiy va publisistik nutqda keng qo‘llanadi. So‘z-gap. Bir so‘zdan iborat, tarkibiy qismga ajralmaydigan, boshqa so‘z bilan kengaymaydigan gap so‘z-gap deyiladi:1.Mayli. 2.Yo‘q. 3.Assalom-u alaykum.So‘z-gap tasdiq, inkor, so‘roq, taajjub, his-hayajon kabini ifoda etib, ko‘proq dialogik, ba’zan monologik nutqqa xos bo‘ladi, modal yoki undov bilan ifodaladi: Xo‘p. Albatta. Ba’zan takrorlanib qo‘llanadi: Nima-nima? Yo‘q-yo‘q. So‘z-gapdan keyin vergul qo‘yilib, unga izohlovchi birlik kiritilsa, so‘z-gap kirish so‘zga aylanib qoladi: Mayli (so‘z-gap) – Mayli ( kirish so‘z), boraman.

VI. Ikkinchi darajali bo‘lakning mavjudligiga:a) yig‘iq gap; b) yoyiq gap; Yig‘iq gap faqat kesimdan yoki kesim va egadan iborat bo‘ladi: Keldim. Men o‘qituvchiman.Atov va so‘z gap ham yig‘iq gapdir:Qish. Rahmat. Yoyiq gapda boshqa bo‘laklar ham qatnashadi.

VII. Zarur bo‘lagi mavjud/mavjud emasligiga ko‘ra.Gap zarur bo‘lagining barchasi qatnashayotganligi yoki qatnashmayotganligiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: a) to‘liq gap; b) to‘liqsiz gap. To‘liq gapdafikrni ifodalash uchun zarur bo‘lgan bo‘lakning barchasi qatnashadi: Ulardan xat keldimi? To‘liqsiz gapda nutq vaziyatidan ma’lum bo‘lgan ayrim bo‘lak tushiriladi: – Siz maktabga borasizmi? – Boraman (ega (men), hol (maktabga) tushirilgan). To‘liqsiz gapning quyidagi turi mavjud: a) dialogik nutq tarkibidagi to‘liqsiz gap: – Kim kelmadi? – Ahmad; b) ibora shaklidagi to‘liqsiz gap: Tug‘ilgan kuningiz bilan! Navro‘zingiz muborak!;d) qo‘shma gap tarkibidagi to‘liqsiz gap: Yaxshidan ot qoladi, yomondan dod(qoladi).

  1. Murakkablashtiruvchi vositasiga ko‘ra.Gap undalma, kirish so‘z, kirish birikma, kirish gap va kiritma qurilma bilan murakablashishi mumkin. Shunga ko‘ra: a) murakablashmagan gap; b) murakkablashgan gapfarqlanadi. Murakkablashmagan gap tarkibida undalma, kirish so‘z, kirish birikma, kirish gap va kiritma qurilma ishtirok etmaydi:O‘quvchilar maktab bog‘iga to‘planishdi. Murakkablashgan gap tarkibida undalma, kirish so‘z, kirish birikma, kirish gap va kiritma qurilma ishtirok etadi. Shuning uchun murakkablashgan gapning: a) undalmali; b) kirish so‘z/birikma/gapli; d) kiritma qurilmalituriajratiladi. Bu murakkablashtiruvchi vositadan birortasi ham gap bo‘lagi bilan sintaktik aloqaga kirishmaydi.

Ayrim gap turi orasidagi ma’nodoshlik:Ayni bir fikr gapning har xil turi bilan ifodalanadi: a) sodda gap – qo‘shma gap: Har kim ekkanini o‘radi – Kim nimani eksa, shuni o‘radi.b) yig‘iq gap – yoyiq gap: O‘qiyuvchiman – Men o‘qituvchiman.

          Gap tahlili. Gap tahliligap turi, bo‘lagini va ularning xususiyatlarini aniqlaydigan sintaktik tahlil. Gap tahliliquyidagicha: I. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turi:1) darak gap; 2) so‘roq gap: a) sof so‘roq gap; b) ritorik so‘roq gap; 3) buyruq gap: a) maslahat ma’noli; b) buyruq ma’noli; d) iltimos ma’noli; e) orzu ma’noli; f) hayratlanish ma’noli; g) g‘amxo‘rlik ma’noli; h) tashviq ma’noli; i) gumon ma’noli; j) g‘azab ma’noli; k) do‘q ma’noli; 4) istak gap; II. Gapning his-hayajon ifodalashiga ko‘ra turi:a)his-hayajonli gap;b)his-hayajonsiz gap. III.Gapning grammatik asos miqdori (tuzilishi)ga ko‘ra turi:a)sodda gap;b)qo‘shma gap. IV. Gapning grammatik asos tarkibiga ko‘ra turi:a)bir bosh bo‘lakli;b)ikki bosh bo‘lakli gap.V.Gapning zarur bo‘lagi mavjud/mavjud emasligiga ko‘ra turi:a)to‘liq gap;b) to‘liqsiz gap:1) dialogik nutq tarkibidagi to‘liqsiz gap; 2) ibora shaklidagi to‘liqsiz gap; 3) qo‘shma gap tarkibidagi to‘liqsizgap. VI.Gapning murakkablashtiruvchi vositasiga ko‘ra turi. a)murakablashmagan gap; b) murakkablashgan gap: 1)undalmali murakkablashgan gap; 2)         kirish so‘z/birikma/gapli murakkablashgan gap.

Gap bo‘lagisodda gapning tarkibiy qismi.Gap bo‘lagini ajratishda asosiy belgi – ular orasidagi sintaktik aloqa. Gapdagi so‘zga so‘roq berish, uning qaysi turkumga mansubligi, gap ichida joylashish tartibi, qanday qo‘shimcha olishi tom ma’noda gap bo‘lagi turini belgilashda asos bo‘la olmaydi. Gap bo‘lagini aniqlash kesimni aniqlashdan boshlanadi. Chunki asosiy xabar kesimda mujassamlangan bo‘ladi. Gapdagi boshqa barcha bo‘lak olib tashlansa ham, xabar saqlangan bo‘ladi. Lekin birgina kesimni olib tashlab, boshqa bo‘lak saqlansa ham, bu xabar yo‘qoladi. Kesim orqali ega va hol, ular orqali esa to‘ldiruvchi va aniqlovchi aniqlanadi. Gap bo‘lagining turi odatda bir-biriga nisbatan aniqlanadi: hol va ega kesimga nisbatan, aniqlovchi aniqlanmishga nisbatan, to‘ldiruvchi to‘ldirilmishga nisbatan. Umuman olganda, qolgan barcha bo‘lak bevosita yoki bilvosita kesimga bog‘lanadi. Shuning uchun u gapning grammatik markazi deyiladi.Ega va hol kesimga bog‘lanadi. Lekin aniqlovchi bilan to‘ldiruvchi har qanday bo‘lakka bog‘lanishi mumkin. Gap bo‘lagi darajasiga ko‘ra ikki xil: 1) bosh bo‘lak; 2) ikkinchi darajali bo‘lak. Bosh bo‘lak. Ega va kesim – bosh bo‘lak.Boshqabo‘lak ega va kesimga tobelanadi. Kesim gapning markaziy bo‘lagi hisoblanadi. (q. Bosh bo‘laklar). Ikkinchi darajali bo‘lakka to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol kiradi. (q.Ikkinchi daralai bo‘laklar)

Gap bo‘lagining uslubiy xususiyati:1)         ega bilan kesimni moslashtirishda bog‘lama (shaxs-son qo‘shimchasi, to‘liqsiz fe’l, bo‘ldi, qildi, etdi yordamchi fe’li, sanaladi, hisoblanadi kabi fe’l)dan foydalaniladi: Men o‘quvchiman. U talaba bo‘ldi. Bu tarix hisoblanadi; 2) qaratqich-aniqlovchidagi -ning qo‘shimchasi she’riyatda ba’zan -im tarzida qo‘llanadi: O‘zbekiston - vatanim manim; 3) sifatlovchi aniqlovchi ot bilan ifodalansa, majoziy ma’no kasb etadi: Kumush choyshab yopib dalalar, qor tagida uxlab yotadi; 4) sifatlovchi-aniqlovchi turli so‘z turkumidan tizilib, sifatlash vazifasini bajargan ibora va so‘z birikmasi bilan ifodalanadi: Osmono‘par tog‘lar, bag‘ri keng inson, cheki yo‘q qirlar, fikri tiniq insonlar. 5) qaratqich-aniqlovchi o‘rnida sifatlovchi-aniqlovchi qo‘llanadi: Bahorning sarin yellarini sog‘indim – Bahordagi sarin yellarni sog‘indim.

  Gap bo‘lagi tartibi. Gap bo‘lagi tartibi ikki xil: a)odatdagi tartib; b) o‘zgargan tartib. Odatdagi tartib. Bunda quyidagi holat kuzatiladi: 1) ega (o‘z aniqlovchisi bilan) oldin, kesim gapning oxirida keladi: Yosh havaskorlar to‘plandi;2) payt holi egadan oldin keladi: Bugun yosh havaskorlar to‘plandi;3) to‘ldiruvchi o‘z aniqlovchisi bilan egadan keyin keladi: Bugun yosh havaskorlar dehqonlarga katta tomosha ko‘rsatdi;4) vaziyat holi kesimdan oldin keladi: Daryo uzoqdan tovlanib ko‘rinardi. O‘zgargan tartib (bu inversiya ham deyiladi)da quyidagi holat kuzatiladi: 1) ega kesimdan keyin keladi: Yashasin mustaqillik!2) to‘ldiruvchi kesimdan keyin keladi: To‘xtat suvni! 3) vaziyat holi fe’l-kesimdan keyin keladi: Shamol esadi g‘ir-g‘ir.

Gap bo‘lagi tartibi o‘zgarishi quyidagi hollarda kuzatiladi:

1) badiiy nutqda, ko‘pincha, she’riyatda; Senga bo‘ldim azaliy oshiq. Bunga berar o‘lim xotima;

2) hayajon kuchli bo‘lganda: Oling qo‘lingizni!

3) shior va chaqiriqda: Yashasin mustaqillik!

4) mantiqiy urg‘u talabi bilan: Bordik biz. Ayting o‘zingiz.

          Gapning ajratilgan izoh bo‘lagi. Gapda biror bo‘lakning ma’nosi so‘zlovchi nazarida noaniqroq bo‘ladi va uning ma’nosini aniqroq berish, izohlash maqsadida xuddi shunday boshqa bo‘lakni gapga kiritadi. Mas., Men ishni mana shundan boshladimgapida shundanto‘ldiruvchisining ma’nosi noaniq. Shuning uchun so‘zlovchi aniqroq ma’noli boshqa bir to‘ldiruvchini gapga kiritadi:Men ishni mana shundan, ya’ni tushuntirishdan boshladim. O‘zidan oldingi bo‘lakni izohlagan bunday bo‘lak ajratalgan izoh bo‘lak deyiladi. Ajratilgan bo‘lakning uyushiq bo‘lakdan farqi shundaki, u bir tushunchaning ikkita nomi, ya’ni bir shaxs/narsa/belgi/harakat ikki marta nomlanadi, uyushiq bo‘lak esa bir necha shaxs/narsa/belgi/harakatni ifodalaydi. Gap bo‘lagini ajratishda so‘z tartibining o‘zgarishi, gap bo‘lagining kengayishi, bir bo‘lakning o‘zidan oldingi bo‘lakni izohlashi, bir bo‘lakni boshqasidan ajratib, bo‘rttirib ko‘rsatish zaruriyati kabilar sabab bo‘ladi: 1.Ko‘chada borar, g‘amgin va o‘ychan. 2.Ukasi, ko‘zlari chaqnagan, unga g‘azab bilan qaradi. 3.Oldinda, muyulishda, bir qora ko‘rindi. 5.U har kuni, quyosh tikka kelganda, shaharga tushadi. Quyidagi gap bo‘lagi ajratiladi: 1) ega: Biz, yoshlar, buni esdan chiqarmasligimiz kerak;2) kesim: a) fe’l-kesim: Men uni ko‘ndirishga harakat qildim – yalindim, yolvordim, hatto tiz cho‘kdim;b)ot-kesim: U shoir – inson ruhining bilimdoni;3) to‘ldiruvchi: Oyimni, ya’ni Xosiyat Suvonovani, mukofotlashdi.To‘ldiruvchi tashqari, boshqa, o‘rniga, bilan, birgakabi so‘zli birikma bilan ham ajratiladi: Mendan tashqari, u ham bor. 5) aniqlovchi: 1) qaratqich-aniqlovchi: Bir necha kishining ayol va erkakning qorasi ko‘rindi;2) sifatlovchi-aniqlovchi (ba’zi darslikda bu ters sifatlovchi-aniqlovchi deb ataladi): Gullar terdim, chiroyli; 6) hol: 1) o‘rin holi: Uning qo‘lidan ushlab ichkariga, mehmonxonaga, boshladi; 2) payt holi: Anjuman bugun, soat beshda, boshlanadi; 3) ravish (vaziyat) holi: Qo‘llar ishlar tez — mo‘jizakor; 4) maqsad holi: Shaharga borish uchun, ya’ni o‘g‘lini ko‘rish uchun, ulov qidirdi; 5) miqdor-daraja: Bugun sizni yana, ikkinchi marta kechirishdi. Ko‘pincha ravishdosh va sifatdosh bilan ifodalangan hol ham ajratilishi mumkin: O‘zidan o‘zi hadiksirab, atrofga olazarak boqadi. Otasi, ikki qo‘ltig‘ida narsa ko‘targan holda, yo‘lga tushdi.

Ajratilgan izoh bo‘lakda tinish belgisi.Yozma nutqda izoh bo‘lak ko‘pincha vergul va tire bilan ajratiladi: 1) izoh bo‘lak ikki tomondan vergul bilan ajratiladi: Kanal bo‘yidagi choyxonada, avtobus bekatida, A’zamjon uchradi; 2) izoh bo‘lakning o‘z ichida vergul bo‘lsa, ikki tomoniga tire qo‘yiladi: Endi odamlar – otliq, piyoda, yosh-qari – uchray boshladi;3) ajratilgan bo‘lak kengayib, uyushib, gap oxirida kelsa, undan oldin tire qo‘yiladi: Mening o‘z muhabbatim bor – toza va musaffo!;4) bosh kelishikdagi kishilik olmoshini izohlagan bo‘lakdan avval tire, keyin vergul qo‘yiladi: Men – Mengliyeva Munira, VIII sinfda o‘qiyman; 5) yozma nutqdagi Onam – Xosiyat Suvonova, maktabda ishlaydi kabi gapda ham shunday.

            Gapning uyushiq bo‘lagi. Gapda bir xil shakllangan, bir xil so‘roqqa javob bo‘ladigan, o‘zaro teng bog‘langan va boshqa bitta bo‘lakka tobelanadigan bo‘lak birdan ortiq bo‘lishi mumkin.Bu - uyushiq bo‘lak. Masalan: Bola goh menga, goh unga qarar edi. Gapning barcha bo‘lagi uyushadi: 1) ega: Bugun Anvar yoki Sobir navbatchilik qiladi;2)kesim: a) fe’l kesim: Biz besh oydan buyon o‘qib, ishlab, izlanib kelyapmiz; b) ot-kesim: Yo‘l keng va tekis edi;3) to‘ldiruvchi: a) vositasiz to‘ldiruvchi: Kitob(larni) va daftarlarni keltirdi; b) vositali to‘ldiruvchi: Akamga va opamga xabar qildik;4) aniqlovchi: a) sifatlovchi-aniqlovchi: Salqin va bahavo bog‘da dam oldik; b) qaratqich-aniqlovchi: Olma(ning) va shaftoliniig hosili mo‘l bo‘ldi;5)    hol: a) vaziyat holi: Topshiriqni tez va puxta bajardik. b) payt holi: Bugun va ertaga men navbatchilik qilaman;d) o‘rin holi:Shahar va qishloqda qurilish avjiga chiqqan; e) sabab holi: Quvonch va shodlikdan tili aylanmas edi; f) maqsad holi: U shaharga o‘qish va ishlash maqsadida kelgan edi.g)miqdor holi: Men sizga o‘n marta, yuz marta gapirdim; h) shart holi: Agar mehnat qilmasang, qiynalmasang o‘z maqsadingga erisha olmaysan; i) to‘siqsizlik holi: U charchasa ham, yiqilib qolgudek bo‘lsa ham yurishdan to‘xtamadi;Uyushiq ega shaxsni anglatsa, kesim birlikda ham, ko‘plikda ham bo‘lishi mumkin: Karim, Salim va Ahmad keldi(lar). Uyushiq ega jonsiz narsani ifodalasa, kesim, odatda, birlikda bo‘ladi: Stol va stul tartibga keltirilgan. Gapda ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi uyushiq kesim bo‘lib kelganda ba’zan ko‘makchi fe’l yetakchi fe’lning eng so‘nggisiga bog‘lanib kelishi mumkin: U allaqachon yozib, chizib bo‘ldi. Uyushiq bo‘lak yoyiq holda ham bo‘ladi: Ma’ruzachiga qiziq, kishini hayratda qoldiradigan savollar berishdi.Uyushiq bo‘lak juft-juft bo‘lib ham qo‘llanadi: Shahrimizda keng va tekis, toza va yorug’ ko‘chalar ko‘paymoqda.

Uyushiq bo‘lakda ko‘plik, egalik va kelishik qo‘shimchasining qo‘llanishi ikki xil: 1) son (ko‘plik), egalik va kelishik qo‘shimchasi uyushiq bo‘lakning oxirgisiga qo‘shiladi: Noma va arizalarning ba’zisi mirzo, muftilarga havola qilinar edi;2) gapdagi uyushiq bo‘lakning har birida son, egalik, kelishik qo‘shimchasi alohida-alohida takrorlanadi: Qor sovug‘i qo‘llarimni va oyoqlarimni, peshonamni yalab tursa-da, menga juda yoqimli tuyuldi. Nutqda son, egalik va kelishik qo‘shimchasi uyushiq bo‘lakda har xil ishlatilishi ham uchraydi: Bolalar yaslilari va bog‘chalarida, maktablarda mehnatkashlarning farzandlari tarbiyalanmoqda.Gapda uyushiq bo‘lak bog‘lovchisiz, sanash ohangi bilan, biriktiruv bog‘lovchisi (va, hamda), ular vazifasidagi -u, -yu yuklamasi, bilan ko‘makchisi, zidlov bog‘lovchisi (ammo, lekin, biroq), na, -da yuklamasi, goh, yoki, yoxud, dam, ba’zan, yo kabi ayiruv bog‘lovchisi bilan bog‘lanib keladi: Mashina sekinladi, lekin to‘xtamadi. Gapning uyushiq bo‘lagi guruh-guruh bo‘lsa, bir-biridan nuqtali vergul bilan ajratiladi: Yutib chiqish uchun ot chopqir, zotdor bo‘lishi, yaxshi toblanib sovutilishi; chavondoz usta, epchil bo‘lishi kerak.

Umumlashtiruvchi so‘z (qism) va unda tinish belgisi. Uyushiq bo‘lakli gapda so‘zni jamlovchi umumlashtiruvchi so‘z bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha belgilash, bo‘lishsizlik olmoshi va jamlovchi ot, jamlovchi son, shuningdek, so‘z birikmasi, kengaygan birikma umumlashtiruvchi so‘z bo‘lib keladi: Uylar, daraxtlar, ko‘chalar – hammasi qorong‘ulik qa’riga cho‘mdi. Ishga yangi qabul qilinganlar: Ahmad, Salim va Akbar boshliqning oldiga kirishsin. Umumlashtiruvchi so‘z bilan uyushiq bo‘lak bir xil sintaktik vazifani bajaradi. Umumlashtiruvchi bo‘lak uyushiq bo‘lakdan oldin kelsa, undan keyin ikki nuqta qo‘yiladi: Qudratning oldidan ikki o‘rtoq: Ilhom va Rustam chiqib keldi. Umumlashtiruvchi bo‘lak uyushiq bo‘lakdan keyin kelsa, undan oldin tire qo‘yiladi: Shu hovli-joy, mana shu daraxtlar, kursi, so‘ri – hammasi meniki. Uyushiq va uyushmagan sifatlovchi-aniqlovchi hamda hol. Ketma-ket kelgan, lekinsanash ohangi bilan aytilmaydigan, yozuvda orasiga vergul qo‘yilmaydigan aniqlovchi va holuyushmagan aniqlovchi va uyushmagan hol hisoblanadi. Uyushmagan sifatlovchi-aniqlovchi va uyushmagan hol o‘zi bog‘langan bo‘lakning turli tomoniga oid belgini anglatadi: Qop-qora shirin (uyushmagan aniqlovchi) uzum g‘arq pishgan. Ertagaertalab(uyushmagan hol)ota-onalar majlisi bo‘ladi.

Murakkab qo‘shma gapikkitadan ortiq sodda gapning bog‘lanishidan tuzilgan qo‘shma gap turi. Maktab darsligida uch va undan ortiq sodda gapning birikishidan tarkib topgan gap murakkab qo‘shma gap deyiladi. Ayrim darslikda uning quyidagi turi ajratiladi: 1) bog‘lanish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gap, ya’ni tarkibidagi sodda gap teng bog‘lovchi yoki shu bog‘lovchi vazifasidagi yuklama yordamida bog‘langan qo‘shma gap: Hamma keldi- yu, Sattor kechikayotgan edi, lekin biz ishni boshlashga qaror qildik; 2) ergashish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gap (bu haqda quyida so‘z yuritiladi); 3) bog‘lovchisiz tuzilgan murakkab qo‘shma gap, ya’ni tarkibidagi sodda gaplar maxsus bog‘lovchi vositasiz, faqat ohang yordamida bog‘langan murakkab qo‘shma gap: Nonlar yopildi, qo‘ylar so‘yildi, o‘choqlarga o‘t yoqildi. 4) aralash tarkibli murakkab qo‘shma gap. (Bu haqda quyida so‘z yuritiladi).

Bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gap. Birdan ortiq ergash gap bir bosh gapga tobelanib kelsa, bir necha ergash gapli qo‘shma gap deyiladi. Bunday gap tarkibidagi ergash gap bosh gapdan, shuningdek, bir-biridan vergul bilan ajratiladi: Tomosha zaliga kirsam, chiroq o‘chib, parda projektor nurida porlab turardi. Bu gapdagi ergash gap bosh gapga quyidagicha bog‘lanadi: 1) to‘g‘ridan-to‘g‘ri tobelanish (birgalik ergashish).Bunda ergash gapning har biri to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosh gapga bog‘lanadi. Bunday gapdagi ergash gap: a) bir xil ergash gap (uyushgan) bo‘ladi: Mana bu kanal bitsa, yangi yer ochilsa, paxta ham ko‘payadi; b)har xil ergash gap (uyushmagan) bo‘ladi: Bordi-yu, rost bo‘lsa, hammasi emas, yarmi rost bo‘lsa ham, juda xunuk gap-ku!Bunda oradagi biror ergash gap tushirib qoldirilsa ham, gap qurilishi va mazmuni buzilmaydi:Mana bu kanal bitsa, yangi yer ochilsa, paxta ham ko‘payadi – Mana bu kanal bitsa, paxta ham ko‘payadi; 2) ketma-ket ergashishda har bir ergash gap to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosh gapga bog‘lanmasdan, biri ikkinchisiga, ikkinchisi keyingisiga va oxirgisi bosh gapga bog‘lanadi. Bunday gap tarkibida turli xil ergash gap qatnashadi: Agar siniq shisha bo‘lsa ham, birovning mulki bo‘lsa, xiyonat qilma.Bunda oradagi ergash gap tushurilsa, gap qurilishi va mazmuni buziladi:Agar siniq shisha bo‘lsa ham, birovning mulki bo‘lsa, xiyonat qilma – Agar siniq shisha bo‘lsa ham xiyonat qilmakabi.

Aralash turdagi qo‘shma gap. Tarkibidagi gap ergashish yo‘li bilan ham, tenglanish yo‘li bilan ham bog‘langan bo‘lsa, aralash turdagi qo‘shma gap deyiladi. Bunday qo‘shma gap uchdan ortiq sodda gapdan ham tashkil topadi: Eshik ochildi, shuning uchun hamma qayrilib qaradi, lekin hech kim kirmadi; sovuq havo xonani qopladi.

 

O‘zganing shakli o‘zgartirilib, mazmuni ifodalangan gapi o‘zlashtirma gap deyiladi. O‘zlashtirma gap ko‘chirma gapga aylantirilishi mumkin bo‘lgan gap: Qurbon ota ertaga kelishini aytdi(o‘zlashtirma gap) Qurbon ota dedi: “Men ertaga kelaman “(ko‘chirma gap). So‘roq, buyruq mazmunini ifodalagan ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda, darak gap shaklida bayon qilinadi.

 

Ko‘chirma gap

O‘zlashtirma gap

Bu qanday bino, nimaga mo‘ljallaysiz? – dedi O‘ktam.

O‘ktam bu qanday bino ekanligini, uning nimaga mo‘ljallanishini so‘radi

 

O‘zlashtirma gapda ko‘chirma gapdagi kirish so‘z tushib qoladi, undalma vositali to‘ldiruvchiga aylantiriladi, 1-, 2-shaxslarni ko‘rsatuvchi so‘z 3-shaxsga aylantiriladi:

 

Ko‘chirma gap

O‘zlashtirma gap

1. – Xo‘sh, Kanizakxon, qanday yangiliklar bor? – so‘radi O‘ktam. 2. – Men ketdim, - dedi ukasi.

1. O‘ktam Kanizakxondan qanday yangiliklar borligini so‘radi. 2. Ukasi o‘zining ketayotganini aytdi.

 

O‘zlashtirma gapning kesimi aytmoq, gapirmoq, buyurmoq, so‘ramoq, undamoq (demoq fe’lidan tashqari) so‘zi bilan ifodalanadi.

Qo‘shma gap birdan ortiq gapning mazmun, grammatik va ohang jihatidan birikuvidan hosil bo‘ladi: Eshik sekin ochildi-yu (birinchi sodda gap), Qalandarovning yuzi ko‘rindi (ikkinchi sodda gap). Sodda gap tarkibida bir grammatik markaz (kesim birligi) ishtirok etsa, qo‘shma gap tarkibida u birdan ortiq qatnashadi. Buni uyushgan kesimli sodda gapdan farqlash kerak: Yomg‘ir yog‘ib, yerlarni loy qildi. Bu gapda kesim uyushgan.

Qo‘shma gapning turi. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gap o‘zaro bog‘lovchi, yuklama, ko‘makchi va fe’l shakli hamda ohang orqali bog‘lanadi. Shunga ko‘ra, qo‘shma gapning 3 turi farqlanadi: 1) bog‘langan qo‘shma gap; 2) ergash gapli qo‘shma gap; 3) bog‘lovchisiz qo‘shma gap. Ayrim darslikda qo‘shma gap bog‘lovchi vositasiga ko‘ra 5 guruhga bo‘linadi: 1) qismlari teng bog‘lovchi vositasida bog‘langan qo‘shma gap; 2)    qismlari ergashtiruvchi bog‘lovchi vositasida bog‘langan qo‘shma gap; 3) qismlari bog‘lovchi-yuklama vositasida bog‘langan qo‘shma gap; 4) qismlar fe’l shakllari vositasida bog‘langan qo‘shma gap; 5) qismlari nisbiy so‘z vositasida bog‘langan qo‘shma gap; 6) qismlari faqat ohang vositasida bog‘langan qo‘shma gap (qarang: Bog‘langan qo‘shma gap, Ergash gapli qo‘shma gap, Bog‘lovchisiz qo‘shma gap).

Uslubiy xususiyati:1)bog‘langan qo‘shma gap tarkibida biriktiruv va zidlov bog‘lovchisi o‘rnida -u, -yu, -da yuklamasi ma’nodosh qo‘llanishi mumkin: Havo bulutlandi va yomg‘ir yog‘a boshladi. Havo bulutlandi-yu yomg‘ir yog‘a boshladi;2)ega, kesim, to‘ldiruvchi, aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap sodda gapga ma’nodosh bo‘ladi: Shunisi aniqki, biz bugun yo‘lga chiqa olmaymiz – Bizning bugun yo‘lga chiqa olmasligimiz aniq;3) sabab, maqsad, o‘xshatish ergash gapning kesimi sifatdosh, harakat nomi, ot bilan ifodalansa, sodda gapga ma’nodosh bo‘ladi: Tog‘ etagi juda go‘zal edi, go‘yo chiroyli gilam to‘shalganday – Chiroyli gilam to‘shalganday tog‘ etagi juda go‘zal edi;4)payt, sabab, shart, to‘siqsiz, natija, ravish ergash gap o‘z doirasida ma’nodoshi bilan almashishi mumkin: U kelsa, hamma ketib bo‘libdi;5)        bog‘lovchisiz qo‘shma gap bog‘langan va ergashgan qo‘shma gapga ma’nodosh bo‘ladi: Qor yog‘di – don yog‘di (Qor yog‘sa, don yog‘adi. Qor yog‘di-yu, don yog‘di).

 

1. gap bermaydi: boshqalarga imkon bermay, nuqul o‘zi gapiradi

2. gap bilan chalmoq: gap bilan uzib olmoq.

3. gap qaytardi: 1)javob qildi 2)e’tiroz javobini berdi, aytishdi

4. gap qistirdi: biror kishining nutqi davomida shu nutqni bo‘luvchi so‘z-gap ilova qildi

5. gap qotdi: 1)suhbatga tortish maqsadida gap aytdi 2)biror kishining nutqi davomida yo‘l - yo‘lakay biror fikrni aytib qoldi

6. gap tashladi: 1)fikrini bilish maqsadida biror gap-so‘z aytdi 2) suhbatga tirtish maqsadida tegajoqlik bilan gapirdi

7. gap tegdi I: gapirishga imkon berildi

8. gap tegdi II: tanbeh eshitdi

9. gapga to‘n kiygizmoq: gapni juda boplab, qoyilmaqom qilib gapirmoq.

10. gapi bir joydan chiqdi: fikr-o‘ylari mos keldi

11. gapi o‘tdi: aytgani inobatga olindi, ma’qullandi

12. gapi og‘zida qolmoq: Muayyan sharoit, ruhiy holat ta’sirida o‘z fikrini ayta olmay qolmoq, gapirolmay qolmoq/ Biror sabab bilan so‘zlayotgan vaqtida to‘xtab qolmoq; gapi uzilmoq

13. gapi, so‘zi bo‘g‘ziga tiqilmoq: Muayyan sharoit, ruhiy holat ta’sirida o‘z fikrini ayta olmay qolmoq, gapirolmay qolmoq/ Biror sabab bilan so‘zlayotgan vaqtida to‘xtab qolmoq; gapi uzilmoq

14. gapida turdi: ahdini saqladi

15. gapidan qaytdi: ahdidan voz kechdi

16. gapiga kirdi: 1)tingladi 2)aytganini qildi

17. gapini ikkita qilmaslik: aytgani bajarildi

18. gapni bir joyga qo‘ydi: o‘zaro bir fikrga keldi

19. gapni kalta qilmoq: gapni cho‘zmaslik.

20. ignadek gapni tuyadek qildi: mubolag‘a qilib, bo‘rttirib yubordi

21. ikki gapning birida: gap davomida dam-badam, qayta-qayta gapirdi

22. ikki gapning o‘rtasida: gap davomida dam-badam, qayta-qayta gapirdi

23. katta gap: 1)diqqatga sazovor, arzigulik 2)qanoatlanishga etarli, kifoya

24. katta gapirdi: imkoniyatiga ortiqcha baho berdi

25. ko‘p gap eshakka yuk: Ortiqcha gap-so‘zning foydasizligi haqida aytiladigan ibora.

26. mayda gap: bo‘lar-bo‘lmas gaplarni dastak qilib gapirib yuruvchi odam

27. ninaday gapni tuyadek qildi: mubolag‘a qilib, bo‘rttirib yubordi

28. o‘zingizdan o‘tar gap yo‘q: «Hammasini o‘zingiz bilasiz, o‘rgatadigan joyi yo‘q» ma’nosidagi ibora.

29. o‘zingizdan qolar gap yo‘q: «Hammasini o‘zingiz bilasiz, o‘rgatadigan joyi yo‘q» ma’nosidagi ibora.

30. to‘rt gapning birida: gap davomida dam-badam, qayta-qayta gapirdi

31. turgan gap edi: aniq, shak-shubhasiz

32. turgan gap I: aniq, shak-shubhasiz(kesim vazifasida keladi)

33. turgan gap II: aniq, shak-shubhasiz(kirish bo‘lak vazifasida keladi)

34. turgan gapki: aniq, shak-shubhasiz

35. uzoq gap: Amalga oshishi yoki yuzaga chiqishi qiyin bo‘lgan narsa haqida

1. Gapdon – so‘zamol – notiq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilishining faol-nafaolligiga ko‘ra)

2. Harf – so‘z – so‘z birikmasi – gap – matn
Ma’nosiga ko‘ra
(birlikning katta-kichikligiga ko‘ra )

3. Shipshitmoq – shivirlamoq – pichirlamok – gapirmoq – qichqirmoq – baqirmoq – o‘kirmoq – hayqirmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(ovoz miqdorining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.