Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {g‘o‘r}
So‘z bo‘g‘inlari: g‘o‘r
Izoh(lar)i:
g‘o‘r sf

1. 1. Pishib yetilmagan, xom (ho‘l meva, qovun-tarvuz va shu kabilar haqida). G‘o‘r uzum. G‘o‘r olma. — Yo‘q, [qovun] g‘o‘rroq chiqdi, o‘zingiznikini so‘ying, — dedi Komila, chindan ranjib. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar

2. ko‘chma hma Qiyomiga yetkazilmagan, pishiq ishlanmagan, xom. G‘o‘r asar. G‘o‘r she’r. Ba’zan gazetalarimizda g‘o‘r, shablon, kishilarni zeriktiradigan materiallar ham bosiladi. Gazetadan

3. ko‘chma hma Hayot tajribasi kam, turmush qiyinchiliklarini ko‘rmagan. G‘o‘r bola. Bunday g‘o‘r xodimlarni ancha-munchasini uchratgan Tolib aka boshqacha yo‘l tutdi. F. Musajonov, Himmat
Mutaxassislarimizning ham aksariyati kam tajriba, o‘qishni yaqinda bitirgan g‘o‘r yoshlar edi. H. Nazir, O‘tlar tutashganda

Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: g‘or – [a] Tog‘ yo balandlik bag‘rida tabiiy holda vujudga kelgan katta hajmli bo‘shliq.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.