1. 1. Tabiat qonunlariga bo‘ysunmaydigan, sababini bilib bo‘lmaydigan, odatdan tashqari.
G‘ayritabiiy hodisa.
▬
Ota-bobolarimiz isiriqni allaqanday g‘ayritabiiy bir kuchga ega deb bilib, dardga davo, balo-qazoga qalqon, deb ataganlar.
Fan va turmush
2. 2. Sun’iy, yasama; g‘alati.
G‘ayritabiiy kulgi.
▬
— Sindimi-a? — Sherbek achingandek bo‘lib so‘radi. — Sinsa, yangi bo‘ladi, — Nigora g‘ayritabiiy jilmaydi va tez-tez yurib, palatadan chiqib ketdi.
S. Anorboyev, Oqsoy