Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {g‘arib}
So‘z bo‘g‘inlari: g‘a-rib
Izoh(lar)i:
g‘arib [g‘a-rib ]

1. Qarindosh-urug‘i yo‘q, biror homiysi, ko‘makchisi bo‘lmagan, kimsasiz; musofir. G‘arib ko‘nglini g‘arib bilur. Maqol

2. Kambag‘al, qashshoq; faqir, bechora. Tirnoq-la yer o‘yib, suvlar oqizgan G‘ariblar ahvoli qolardi tangga. G‘ayratiy

3. Nochor holatli; ko‘rimsiz; ahvoli tang. shahar chetida ijarada, g‘arib bir xonada yashardik. M. M.Do‘st, Lolazor

4. Ajib, qiziq, ajoyib. Sizlar emas, otang nima bo‘ladi, Bolam, jang endi g‘arib bo‘ladi. Malikayi ayyor

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: kimsasiz
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: g‘arb – [a] Dunyoning to‘rt tomonidan biri; sharqqa qarama-qarshi tomon, kunbotar.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.