Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {g‘arb}
So‘z bo‘g‘inlari: g‘arb
Izoh(lar)i:
g‘arb [g‘arb ]

1. Dunyoning to‘rt tomonidan biri; sharqqa qarama-qarshi tomon, quyosh botadigan tomon; kunbotar. G‘arbdan esgan shamol.◆Oftob g‘arbga yonboshlaganda, ikki yo‘lovchi dashtdan chiqib, tepalikka yo‘l oldi. A. Qahhor, Maston

2. Ma’lum bir obyekt, hudud, maydon, bino va shu kabilarning g‘arb tomoni, g‘arbiy qismi. O‘zbekistonning g‘arbi.◆Otabek maydonda otini supurib egarlar ekan, maydonning g‘arbidagi xaroba uyning devoridan bir bosh ko‘tarilib, unga qarab turar edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. G‘arbiy. Yevropa, G‘arbiy Yevropa mamlakatlari. Jannaning o‘zi g‘arbda tikilgan, ko‘krak cho‘ntagi ustiga lotin harfidan belgilar qo‘yilgan jelatka topib kelib, Umidga kiygizdi. Mirmuhsin, Umid

Antonim(lar)i: sharq , kunchiqar , mashriq
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: g‘arib – [a] Qarindosh-urug‘i yo‘q, biror ko‘makchisi bo‘lmagan, kimsasiz; kambag‘al, qashshoq; nochor.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.