Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {g‘aji}
So‘z bo‘g‘inlari: g‘a-ji-moq
Izoh(lar)i:
g‘aji fl

1. 1. Suyak, qattiq non va shu kabilarni kemirib yemoq; mujimoq (ko‘pincha it, mushuk va yirtqich hayvonlar haqida; insonga nisbatan esa salbiy munosabat bilan qo‘llanadi). Bir olapar ellik qadamcha narida allanarsani g‘ajir edi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Volosov Allonbiyning oq o‘tovida qo‘yning qovurg‘asini g‘ajir ekan, Erimbetni yetimchadek qaqshatmoqda edi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
Elmurod onasining so‘zi bilan sabzi g‘ajib turgan qizchaga qaradi P. Tursun, O‘qituvchi

2. 2. Tishlab, chaynab qattiq jarohat yetkazmoq. Oyog‘ini it g‘ajib tashlabdi. Otlar halok bo‘ldi, eshaklarni yirtqichlar tunda g‘ajib ketdi. J. Abdullaxonov, To‘fon

3. ko‘chma hma Tilka-pora qilib yubormoq, abjag‘ini chiqarmoq: abgor qilmoq. Odamlar ajratmaganda, bu xotin mulla Norqo‘zini g‘ajib tashlar edi. A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin
Keyin Zunnunovga xudo beradi. U seni g‘ajib tashlashga tayyor. I. Rahim, Ixlos

4. ko‘chma hma Qattiq zarb, siqish va shu kabilar yo‘l bilan shikastlamoq, ezmoq, majaqlamoq. Mashinaning eshigi qo‘limni g‘ajidi. Nima, buni mashina mayib qilibdimi yo u yer-bu yerini g‘ajib ketibdimiki, baxtsiz hodisa desa K. Yashin, Hamza

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mujimoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: g‘ijimoq Gap bilan ezmoq, qiynamoq.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Mujimoq – g‘ajimoq – kemirmoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining oshib borishiga)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.