Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {funksiya}
So‘z bo‘g‘inlari: funk-si-ya
Izoh(lar)i:
funksiya [funk-si-ya ]

1. Erkin o‘zgaruvchi miqdor (argument)ning o‘zgarishiga qarab o‘zgarib turadigan, bog‘liq(tobe) o‘zgaruvchan miqdor. Bitta funksiyaning o‘zi turli xil formulalar bilan ifodalanishi ham mumkin. O‘zME

2. Biror a’zo yoki organizmning ishlab turishi, faoliyati. Odam o‘z organizmining tuzilishi va funksiyalari to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lishi muhim. Odam anatomiyasi va fiziologiyasi

3. Biror ijtimoiy tashkilot, kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi; vazifasi. Ona obrazining boshqa bir g‘oyaviy-estetik funksiyasini ham unutmaslik kerak. U. Normatov, Talant tarbiyasi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.