Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {fotiha}
So‘z bo‘g‘inlari: fo-ti-ha
Izoh(lar)i:
fotiha [fo-ti-ha ]

1. Qur’onning birinchi, boshlang‘ich surasi, boshlanishi.

2. Kimsaga ezgulik tilab aytiladigan duo, olqish. Rahim domla fotihaga qo‘l ochib, yoshlarni duo qildi. H. G‘ulom, Mash’al

3. Biror ish-harakatni bajarishga kirishayotgan kishiga omad, baxt tilagan xolda beriladigan ruxsat, ijozat. Orif sardor xalqdan fotiha olib, otini yugurtirib, to‘daga ketdi. A. Qodiriy, Kichik asarlar

4. Qiz bilan yigit turmush qurishga rozi bo‘lgandan keyin, buni qarindosh-urug‘, mahalla ahliga ma’lum qilish maqsadida nikohsan oldin o‘tkaziladigan marosim; unashtirish. Musulmon bo‘lsalaring, qizimga tegmanglar! Birovning omonati! Birovga fotiha bo‘lgan. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

5. O‘lik chiqqan xonadonda o‘limning dastlabki uch kuni hamda hayit kunlari marhumning xotirasi uchun o‘tkaziladigan marosim; ta’ziya. Shu payt uch kishi fotihaga kirdi. S. Siyoyev, Avaz

6. Tabriklash, muborakbod qilish, yaxshi tilaklar bildirish. Sen qizlaringni ozod qo‘y, Nigor, dasturxon tayyorlab, choy qaynat! Fotihaga odamlar kelsa kerak. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.