Morfologik tahlil – so‘zlarni turkumlarga ajratib, ularning shakllari va xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan amaliy izohlash. Unda quyidagilarga e’tibor qaratiladi: 1. Ifodalaydigan kategorial umumiy ma’nosiga ko‘ra qaysi turkumga mansubligi. 2.Shu so‘z turkumining qaysi lug‘aviy-mazmuniy guruhga mansubligi aniqlanadi. 3. Grammatik shakli – lug‘aviy va sintaktik shakllari. 4. Tuzilishiga ko‘ra turlari. 5. Gapdagi vazifasi.
Namuna: Men nechun sevaman O‘zbekistonni,
Tuprog‘in ko‘zimga aylab to‘tiyo. (A.Orip.)
Tuprog‘in – ot, turdosh ot, III shaxs birlik, tushum kelishigining qisqargan poetik varianti, sodda, vositasiz to‘ldiruvchi. Ko‘zimga – ot, turdosh ot, I shaxs birlik, jo‘nalish kelishigi, sodda, to‘ldiruvchi.Aylab to‘tiyo – fe’l, harakat fe’li, qo‘shma fe’l – to‘tiyo aylab – so‘z tartibi poetik talabga ko‘ra o‘zgargan, ravishdosh shakli, aniq nisbat, xabar mayli, bo‘lishli, o‘tgan zamon shakli, qo‘shma, ravish holi.