1. Eng yaqin, sevimli kishidan judo bo‘lish, ayrilish va bu tufayli tortiladigan ruhiy azob; ayriliq, judolik, hijron. Mardni o‘ldirar firoq, Nomarddan nomus yiroq Gazetadan
2. Injiqlik, erkalik; tantiqlik, noz-u istig‘no. To‘faxon, firoq bilan qosh chimirib, bilganingiz deganday yelka uchirib qo‘ydi. H. Nazir, Ko‘kterak shabadasi
3. Jahl, zarda. Xadicha xola firoq qilib, uyga kirib ketdi. T. Alimov, Sovg‘a
1. Ayriliq – judolik – hijron – hajr – firoq Bo‘yog‘iga ko‘ra (belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)