Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {filolog}
So‘z bo‘g‘inlari: fi-lo-log
Izoh(lar)i:
filolog [fi-lo-log ]

1. Filologiya sohasi tadqiqotchisi, filologiya mutaxassisi; filolog-olim. Siz filologsiz-ku, bilsangiz kerak: ko‘z yoshini qaqragan tashna yerlarga emas, bog‘-u bo‘stonga quygan bulutni saxiy demaslar S. Zunnunova, Ko‘k chiroqlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Maxsus filologik lug‘at– tor o‘quvchilar ommasi, tilshunoslik bilan shug‘ullanuvchi va boshqa ayrim ilmiy tadqiqotchilarga mo‘ljallangan lug‘at turi. O‘zbek tilining morfem, chastotali, ters, o‘zlashma so‘zlar, frazeologizmlar, sinonimlar, antonimlar, omonimlar, dialektizmlar, terminologik, etimologik lug‘atlari shular jumlasidan.

 

Umumiy filologik lug‘at – barcha soha kishilari, keng foydalanuvchilar ommasiga mo‘ljallangan izohli, imlo, orfoepik, tarjima lug‘atlar. «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» (O‘TIL) «Ruscha-o‘zbekcha lug‘at» (RO‘L) ana shunday lug‘atlar sirasiga kiradi. Shu boisdan O‘TIL da shunday deyiladi: «Lug‘at keng o‘quvchilar ommasiga – tilshunoslar, o‘rta va oliy maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari, yozuvchilar, jurnalistlar, gazeta va nashriyot xodimlari va o‘zbek tiliga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo‘ljallangan.» (2 tomlik, 1- tom, 5- bet.) Izohli lug‘at so‘zning ma’nosini shu tilda sharhlaydi, izohlaydi va so‘zni shu ma’nosi bilan nutq tarkibida beradi. Misollar:

BAQIRLAMOQ Baqir-buqur ovoz chiqarib qattiq qaynamoq. [Hamrobibi] dasturxon yozdi, baqirlab qaynayotgan samovarni keltirib, qopqoqlab qo‘ydi. R.Fayziy. El mehri.

  YOZ 1 Yilning bahor bilan kuz orasidagi eng issiq fasli. Laylak keldi - yoz bo‘ldi. Dangasaning ishi bitmas, yoz kelsa ham qishi bitmas.

  2 ko‘chma Umrning eng gullagan yaxshi davri. Yozim o‘tdi, chiroyingizga to‘q bu quvnoq ko‘ngil. G‘ayratiy.

            Ko‘ngli yoz bo‘ldi Ortiq sevinib, bahri dili ochildi. Negadir otashin ko‘ngli yoz bo‘lib ketdi. O‘.Umarbekov. Charos.

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.