Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {fikr}
So‘z bo‘g‘inlari: fikr
Izoh(lar)i:
fikr [fikr ]

1. Biror narsa, hodisa yoki kimsa haqida o‘y, xayol. Fikri ravshanning so‘zi ravshan. Maqol

2. Biror narsaga nisbatan munosabatni, uni baholashni ifodalaydigan hukm, xulosa. Yaxshini ko‘rib, fikr qil, yomonni ko‘rib, shukur qil! Maqol

3. Biror masala, ish yuzasidan beriladigan taklif; maslahat. Alamazon gazetadan Akbarning turkum she’rlarini o‘qib, fikr bildirgisi kelib qoldi. A. Obidjon, Akang qarag‘ay Gulmat

4. Biror narsaga erishish, biror ishni amalga oshirish haqidagi niyat, maqsad. Qo‘rchiboshi uch tomoni devorday tik qoyatosh bo‘lgan toqqa taxtiravon ishlatish fikridan qaytdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

5. Narsa va hodisalarni taqqoslab o‘rganish, mulohaza yuritish natijasi; to‘xtam, qaror. Demak, erkaklar hamma narsa to‘g‘risida o‘ylab, bir fikrga kelishgan. Oybek, Tanlangan asarlar

6. Tushuncha, bilim; ong, aql. Aqli, fikrining teranligini ko‘zlari aytib turardi. S. Zunnunova, Olov

7. Jamiyat hayoti va tabiatni tushunish yo‘sini; dunyoqarash, maslak. Uni o‘qidingizmi, insof bilan ayting, asarda qanday zararli fikr bor. Oybek, Nur qidirib

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. fikrga toldi: uzoq fikrladi

2. fikridan o‘tkazdi: ma’lum bir muddat fikrladi

3. fikrlari bir yerdan chiqdi: fikr-o‘ylari mos keldi

1. O‘ylamoq – fikrlamoq – xulosaga kelmoq
Ma’nosiga ko‘ra
(tafakkur natijasiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.