1. Gavdaning tuzilishi, bichimi; qaddi-qomat, jussa.
U qo‘g‘irchoqlar yasaydi suvenir figuralarning nodir kolleksiyasini yaratadi.
Gazetadan
2. Muayyan harakat (raqs, havoda uchish, suvda suzish, konkida uchish va shu kabilar) ni bajarishda kimsa yoki narsa tomonidan hosil qilingan holat, vaziyat.
3. Shaxmat o‘yinida: piyodalardan boshqa asosiy sipohlar; qarta o‘yinida: tuz, qirol kabi asosiy qartalar.
Zuhra shaxmat figuralaridan ko‘zlarini uzmasdi.
Iboxon, Ulug‘ kun
4. Geometrik Simmetrik figura.
Alohida yoki bir-biri bilan turli kombinatsiyalarda olingan nuqta, chiziq va sirtlar geometrik figuralar hosil qiladi.
Geometriya darsligi.
5. Biror ish, soha, jabhadagi asosiy, hal qiluvchi, yetakchi siymo. Talim-tarbiya ishida o‘qituvchi bosh figura sanaladi.
Terimchi va mexanik-haydovchi paxta yig‘im-terimida markaziy figura, hal qiluvchi kuch-dir.
Gazetadan