Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {fe’l}
So‘z bo‘g‘inlari: fe’l
Izoh(lar)i:
fe’l [fe’-l ]

1. Kishi xarakterini tashkil etuvchi ruhiy xususiyatlar va undan yuzaga keluvchi xatti-harakatlar majmui; xulq, xarakter, xulq-atvor. Har kim fe’liga yarasha olar. Maqol

2. Insonning ma’lum paytdagi ruhiy holati, kayfiyati, avzoyi. Biroq raisning fe’li birdaniga aynib qoldi. S. Zunnunova, Olov

3. Odat, xulq, qiliq; ish, xatti-harakat. Hali ham tavba qil qilgan fe’lingga, To‘xta, oyim, yetolmaysan elingga.Murodxon Murodxon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. fe’l I Ot
grammatika. so‘z turkumi nomi

2. fe’l II Ot
xulq-atvor, xarakter

Paronimi: mavjud emas.

Fe’l harakat va holat ma’nosini bildiruvchi turkum.

Ma’noviy xususiyati. Nutqimizda harakat va holat bildiruvchi so‘zlarning katta guruhi ishlatilib, ular gapda, odatda, kesim vazifasiga kelishga xoslangan. Bunday so‘z – fe’l: Bola yugurdi(harakat). It hurdi (harakat). Qarshi shahri viloyat markazida joylashgan (holat). Sitora uxladi (holat).

Fe’l nima qilmoq?, nima bo‘lmoq? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. Leksik, morfologik, sintaktik jihatdan nihoyatda serqirra so‘z turkumi, u har bir jihatiga ko‘ra alohida tasnif qilinadi.

Fe’l grammatik jihatdan o‘timli va o‘timsiz bo‘lishi mumkin.

O‘timli fe’l tushum kelishigidagi (kimni, nimani so‘rog‘iga javob bo‘ladigan) so‘zga bog‘lanadi: o‘qidi, ko‘rdi, yod oldi kabi. Bu fe’l kimni, nimani so‘rog‘iga javob bo‘ladigan so‘zga bog‘lanadi: nimani o‘qidi, kimni ko‘rdi, nimani yod oldi kabi.

O‘timsiz fe’l tushum kelishigidagi so‘zga bog‘lanmaydi: bordi, uxladi, ranjidi, xandon urdi kabi.

O‘timli fe’l o‘timsizga, o‘timsiz fe’l o‘timliga aylanib turadi: o‘qidi (o‘timli) – o‘qildi (o‘timsiz), yig‘ladi (o‘timsiz) – yig‘latdi (o‘timli), yuvdi (o‘timli) – yuvindi (o‘timsiz) kabi.

Morfologik belgisi. Fe’l yasaladi, nisbat, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, harakat tarzi (-la, -kila/qila/g‘ila, -i, -imsira, -inqira) kabi lug‘aviy shakllarga, zamon, mayl, shaxs-son kabi munosat shakllariga ega. Eng muhim morfologik belgisi – nisbatlanishi. Fe’l nisbat paradigmasidan chiqsa, fe’lligini yo‘qotib ko‘makchi (ko‘ra, qaraganda, qaramay), bog‘lovchi (deb) yoki modal (aytishicha, eshitishimcha) so‘zga o‘tib ketadi. Fe’l, odatda tuslanadi. Fe’lning harakat nomi, sifatdosh shakllari turlanadi. Harakat nomi egalik, kelishik shakllari bilan erkin birikadi, sifatdosh otlashadi. Ravishdoshning ayrim shakllari turlanmaydi ham, tuslanmaydi ham: o‘qigach, o‘qiguncha, o‘qigani va hokazo.

Sintaktik belgisi.Fe’l, odatda, gapda hokim mavqeda, o‘zidan oldingi so‘zni boshqarib fe’l kesim vazifasida keladi. Fe’lning sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi shakllari ikkiyoqlama aloqaga ega, o‘zidan oldingi so‘zga nisbatan hokim, keyingi so‘zga nisbatan tobe bo‘ladi va gapda fe’l kesimdan boshqa barcha vazifalarda keladi: kitobni shoshilib o‘qimoq, kitobni o‘qigan bola.

Fe’llarning lug‘aviy ma’noga ega yoki ega emasligiga ko‘ra turlari. Bu jihatdan fe’llar ikkiga bo‘linadi:

Yakka holda harakat-holat bildiradigan, mustaqil so‘roq qabul qilib biror gap bo‘lagi vazifasida kela oladigan, fe’lga xos barcha lug‘aviy va sintaktik shakllar bilan birika oladigan fe’llar mustaqil fe’llardir: gapirmoq, pichirlamoq, semirmoq, shishmoq, ranjimoq;

Mustaqil fe’lga xos belgilarga ega bo‘lmay, turli grammatik ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladigan fe’llar nomustaqil fe’llardir: o‘qib bo‘lmoq, yozib tashlamoq, asos solmoq, qaror bo‘lmoq.

Nomustaqil fe’l lug‘aviy ma’no ifodalamaydi va fe’l yoki boshqa so‘zning ma’nosini yangilaydi, ya’ni yangi so‘z yasaydi (yordamchi fe’l), biroz o‘zgartiradi (ko‘makchi fe’l) yoki so‘zni kesim vazifasiga xoslaydi (to‘liqsiz fe’l, bog‘lama vazifasidagi fe’l):

1)    yordamchi fe’l so‘z yasovchi qo‘shimcha xususiyatiga ega: sotib oldi, qaror qildi, abgor etdi;

2)    ko‘makchi fe’l lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha xususiyatiga ega: o‘qib chiqdi, aytib qo‘ydi, qarab qoldi;

3)    to‘liqsiz fe’l munosabat shakli yasovchi qo‘shimcha xususiyatiga ega: o‘qigan ekan, qiziq emish, o‘nta edi, akam bo‘ladi, do‘stim hisoblanadi, nodir metallardan sanaladi va hokazo.

Fe’l turkumi tahlili – fe’lning har xil xususiyatini, turini, shakklini aniqlashga qaratilgan morfologik tahlil. Unda quyidagilarga e’tibor qaratiladi: 1. Mustaqil yoki yordamchi fe’lli ekanligi. 2. Qaysi lug‘aviy mazmuniy guruhga mansubligi. 3. Morfologik tarkibi. 4. O‘timli-o‘timsizligi. 5. Lug‘aviy shakli. 6. Sintaktik shakli. 7. Tuzilishiga ko‘ra turi. 8. Gapdagi vazifasi.

Namuna: Keyingi yillarda rivojlangan zamonaviy meditsina ko‘pgina yurak-qon tomir kasalliklarining kelib chiqishida ovqatlanish ratsionining buzilishini sabab qilib ko‘rsatmoqda.

  rivojlangan – mustaqil fe’l; harakat fe’li; rivoj-lan-gan; o‘timsiz; aniq nisbat, -gan sifatdosh shakli; sodda; sifatlovchi aniqlovchi.

buzilishini - mustaqil fe’l; harakat fe’li; buz-il-ish-i-ni; o‘timsiz; -il majhul nisbat, -ish harakat nomi; -i egalik shakli, -ni tushum kelishigi; sodda; vositasiz to‘ldiruvchi.

  Fe’l yasalishi. Fe’l tub yoki yasama bo‘lishi mumkin. Yasama fe’l – yasovchi qo‘shimcha qo‘shib yasalgan (ishla, afsuslan, tinchi) va so‘zga so‘z qo‘shib yasalgan (olib bermoq, javob bermoq, himoya qilmoq) fe’l. Shunga ko‘ra fe’l yasashning ikki yo‘li ajratiladi: qo‘shimcha qo‘shish va so‘z qo‘shish usuli.

Qo‘shimcha qo‘shish fe’l yasalishining keng tarqalgan usuli, bu yo‘l bilan quyidagi turkumdan fe’l yasaladi:

  1. Ot: ishlamoq, ko‘zikmoq, qonamoq, suvsamoq.
  2. Sifat: pasaymoq, qisqarmoq, oqarmoq, garangsimoq.
  3. Son: ikkilanmoq. birikmoq,.
  4. Olmosh: sizlamoq, mensimoq, sensiramoq.
  5. Ravish: ko‘paymoq,kechikmoq, tezlashmoq.
  6. Modal: yo‘qotmoq. yo‘qlamoq, yo‘qolmoq.
  7. Undov: voyvoylamoq, dodlamoq.
  8. Taqlid: gumburlamoq, shildiramoq, yaltiramoq, miltillamoq.

Qo‘shimcha qo‘shish orqali fe’l yasalishi:

Qo‘shimcha

Xususiyati

Yasalma

Asos

a:

omonim

sana, tuna, yo‘la, yasha, osha, qona, o‘yna, bo‘sha, qiyna, shildira, hilpira, g‘ildira, guldura

ot, sifat, taqlid so‘z

an:

unumsiz

Kuchan

Ot

i:

omonim

ranji, changi, avji, tinchi, boyi

ot, sifat

illa:

 

chirqilla, guvilla,zirilla, lovilla

Taqlid

ik:

omonim

ko‘zik, birik, kechik

ot, son, ravish

ir//ur:

omonim

gapir, ko‘pir, tupur (tuf+ur)

ot, ravish, taqlid

ira:

 

sharqira, yaltira, zirqira, yarqira, mo‘ltira

Taqlid

y//ay:

omonim

kuchay, toray, kengay, keksay, qoray, ulg‘ay (ulug‘+ay), pasay (past+ay), susay (sust+ay), kamay, ozay, ko‘pay

ot,sifat, ravish

ka:

unumsiz

Iska

Ot

la:

ko‘p ma’noli, omonim

egovla, mog‘orla, bolala, gulla, yog‘la, ishla, arrala zangla, egalla (ega+la), ko‘zla, bog‘la, boshla, yo‘lla, maydala, tozala, yaxshila, tikla, tekisla, yomonla, sizla, senla ,tezla, sekinla, dodla, chuhla, gumburla, shivirla, yo‘qla

ot, sifat, olmosh, ravish, undov, taqlid, modal

lan:

murakkab

faxrlan, gavdalan, lazzatlan, zavqlan, jonlan, xavotirlan, ovqatlan, foydalan, shodlan, achchiqlan, sergaklan, ikkilan

ot, sifat, son

lash:

murakkab

do‘stlash, suhbatlash, ahdlash, bahslash, maslahatlash, yiriklash, osonlash, asabiylash, qiyinlash, yaqinlash, og‘irlash, oydinlash, uzoqlash, qo‘pollash, go‘zallash, birlash, birgalash, tezlash

ot, sifat, son, ravish

lat:

 

Qoyillat

Sifat

lashtir:

 

sahnalashtir, kinolashtir, soxtalashtir

ot, sifat

ol:

unumsiz

yo‘qol

Modal

r//ar:

omonim

o‘zgar, oqar, ko‘kar, qisqar, eskir

Sifat

ra:

unumsiz

ho‘ngra, ma’ra

Taqlid

si:

unumsiz

mensi, garangsi

olmosh, sifat

sin:

 

qiziqsin, yotsin

Sifat

sit:

unumsiz

aybsit, kamsit

ot, ravish

sira:

 

suvsira, tuzsira, xayolsira, qonsira, ersira, yog‘sira, xavfsira, gumonsira, hadiksira, yotsira, begonasira, sensira, sizsira

ot, sifat, olmosh

t//it//ot:

omonim

to‘lat, berkit, yo‘qot

sifat, modal

chi//shi:

unumsiz

ko‘pchi, g‘ingshi

ravish, taqlid

q//iq:

omonim

orziq, yo‘liq, dimiq, zoriq, namiq, zo‘riq

ot, sifat

qar//g‘ar// qir:

unumsiz

jamg‘ar, boshqar, hayqir

ot, taqlid

Fe’l hech qachon o‘zidan qo‘shimcha qo‘shish usuli bilan yasalmaydi.

So‘z qo‘shish yo‘li bilan qo‘shma fe’l yasaladi.

Qo‘shma fe’lqismining qaysi so‘z turkumiga mansubligiga ko‘ra 2 ga bo‘linadi:

1. Fe’l+fe’l qismli qo‘shma fe’l: sotib olmoq, olib bormoq, olib kelmoq, olib chiqmoq, olib qochmoq, ishlab chiqarmoq, chiqarib olmoq. Bunday fe’l kam uchraydi.

2. Fe’l bo‘lmagan so‘z+fe’l qismli qo‘shma fe’l. Buni hosil qilishda qilmoq, etmoq, aylamoq, topmoq, yemoq, urmoq, ko‘rmoq, kelmoq, keltirmoq, bo‘lmoq, bermoq, olmoqkabi yordamchi fe’l qatnashadi: bezor bo‘l/qil, bidbid qil, bino bo‘l/qil/qo‘y, bong ur, bunyod qil//et, vasf et, vafot et//qil, voz kech, voyaga yet, voqe bo‘l, garov bog‘la/o‘yna, girgitton bo‘l, giriftor bo‘l//qil, gum bo‘l//qil, gumdon bo‘l//qil, da’vat et//qil, yod et/ol, jabr ko‘r/qil, javob ber/ol/qaytar, jazm et/qil, jalb et/qil, jiz et, jilva qil, jilo ber, judo bo‘l/qil, zabt et/qil, zada bo‘l/qil, zikr et/qil, soz bo‘l/ket, zomin bo‘l, zor bo‘l/qil, izza bo‘l/qil, izn ber/so‘ra, izhor et/qil, imo et/qil, inkor et/qil, intizor bo‘l/et/qil, in’om et/qil, isyon ko‘tar/qil, isloh et/qil, isnod keltir, iste’fo ber, abgor bo‘l/et, ado bo‘l/et/qil, aziyat chek/tort, azm et/qil, azob ber/tort/chek, ayb et/qil, ayyuhannos sol/tort, iqror bo‘l/qil, yo‘l bos/ko‘rsat/ol/qo‘y, kalla ur/tashla, karomat qil/ko‘rsat, kasal bo‘l, kashf et/qil, ko‘ngil ber/qo‘y, lat ye, madh et/qil, mazax qil, mayl qil/ko‘rgiz, mashq qil, mag‘lub bo‘l/qil/et, mahv et/qil, mahliyo bo‘l/qil/et, muolaja qil, musodara qil/et, muhayyo qil, nazar sol/et, nazorat qil/et, namoyon bo‘l/et/qil, namoyish qil/et, nasib bo‘l/et/qil, nashr et/qil, na’ra tort/ur, nido qil.

            Fe’lning lug‘aviy shakllari. Fe’lning lug‘aviy shakllari faqat fe’lgagina xos va uning tasnifiy belgisi hisoblanadi. Lug‘aviy shakllar fe’l asosga qo‘shilib, uning ma’nosiga biroz ta’sir etadi, qo‘shimcha ma’no yuklaydi. Fe’l lug‘aviy shakliga nisbat, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakli, harakatning kuchsiz darajasi va davomiyligini bildiruvchi shakl kiritiladi.

Fe’lning ma’noviy guruhlari. Fe’llar nimani atab kelishiga ko‘ra to‘rt guruhga ajratiladi:

1)    nutqiy faoliyat: gapirmoq, pichirlamoq, demoq, so‘zlamoq, so‘ramoq, yalinmoq, o‘tinmoq, yolvormoq, vaysamoq, surishtirmoq, baqirmoq, o‘shqirmoq, ming‘irlamoq, to‘ng‘illamoq, aytmoq kabi;

2)    aqliy faoliyat: o‘ylamoq, fikrlamoq, xayol qilmoq, tasavvur qilmoq, hukm chiqarmoq, o‘yga botmoq, ko‘z oldiga keltirmoq, gavdalantirmoq, fikr qilmoq kabi;

3)    jismoniy faoliyat: chizmoq, yozmoq, yasamoq, qurmoq, yaratmoq, bino qilmoq, asos solmoq, bo‘yamoq, tozalamoq, yiqmoq, yemoq, artmoq, sayqal bermoq, o‘chirmoq, nobud qilmoq, yurmoq, yugurmoq, chiqmoq, bormoq, qimirlamoq, yelmoq, sudralmoq, sakramoq, uchmoq, o‘tmoq kabi;

4)    holat: kulmoq, uxlamoq, yig‘lamoq, tirjaymoq, dam olmoq, shoshmoq, isimoq, qizarmoq, semirmoq, shishmoq, ranjimoq, xursand bo‘lmoq, xandon urmoq, dahshatlanmoq, shod bo‘lmoq, og‘rinmoq kabi.

  Fe’lning munosabat shakllari. Fe’l gapda, odatda kesim vazifasida keladi. Fe’lni kesim vazifasiga xoslovchi maxsus shakllar, ularga tasdiq-inkor, zamon, mayl, shaxs-son shakllari kiritiladi va ular fe’lning munosabat shakllari deb yuritiladi. Munosabat shakllarini qabul qilgan fe’l sof fe’l, ya’ni tuslangan fe’l deb yuritiladi. Fe’l kesim bo‘lib kelishga ko‘proq xoslangan turkum bo‘lganligi uchun bu shakllar unga erkin va cheklanmagan darajada birikadi. Barcha munosabat shaklari kabi mazkur shakllarning ham qo‘llanilishi bir turkum bilan chegaralanmaydi. Har qanday kesim vazifasida kelgan so‘zda zamon, shaxs-son, mayl, tasdiq-inkor ma’nosi bo‘ladi:

Ot: Men – o‘qituvchiman (hozirgi zamon, xabar mayli, tasdiq, birinchi shaxs).

Sifat: Gul qizil (hozirgi zamon, xabar mayli, tasdiq, uchinchi shaxs).

Son: Kitoblar o‘nta edi (o‘tgan zamon, xabar mayli, tasdiq, uchinchi shaxs).

Olmosh: Yig‘lagan menman (hozirgi zamon, xabar mayli, tasdiq, birinchi shaxs).

Taqlid: Atrof g‘ovur-g‘uvur (hozirgi zamon, xabar mayli, tasdiq, uchinchi shaxs).

Fe’lning nokesimlik shakllari. Fe’l gapda ko‘proq kesim bo‘lib kelishga xoslangan. Biroq fe’lning shunday shakllari borki, ular gapda fe’l-kesimdan boshqa vazifadagina kela oladi. Kesim vazifasida ham ot-kesim bo‘lib keladi. Bunday fe’l shakllariga sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi kiritiladi. Fe’lning nokesimlik shakli bo‘lgan ravishdosh ravish, sifatdosh sifat, harakat nomi ot vazifasini bajaradi (q. Fe’lning vazifa shakllari).

            Fe’lning tuzilishiga ko‘ra turlari. Fe’llar tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma, juft, takroriy bo‘ladi.

Sodda fe’l bir asosdan tashkil topadi, yasama yoki tubligiga ko‘ra sodda tub fe’l (bormoq, kelmoq, o‘qimoq, yozmoq, o‘tirmoq, turmoq,to‘xtamoq) va sodda yasama fe’lga (kechikmoq, birlashmoq, ranjimoq, oqarmoq,garangsimoq) bo‘linadi.

Qo‘shma fe’l yangi atash ma’nosiga ega bo‘lgan birdan ortiq asosdan tashkil topadi. Uning tarkibi fe’l + fe’l (sotib olmoq, olib bormoq, olib kelmoq, olib chiqmoq, olib qochmoq, ishlab chiqarmoq, chiqarib olmoq, sotib yubormoq, qarab qolmoq) yoki fe’l bo‘lmagan so‘z+fe’l (vafot et/qil, voz kech, voyaga yet, voqe bo‘l, garov bog‘la/o‘yna, girgitton bo‘l, giriftor bo‘l/qil, gum bo‘l/qil, gumdon bo‘l/qil, da’vat et/qil, yod et/ol, jabr ko‘r/qil, javob ber/ol/qaytar, jazm et/qil, jalb et/qil, jiz et, jilva qil, jilo ber, judo bo‘l/qil, zabt et/qil, zada bo‘l/qil, zikr et/qil, soz bo‘l/ket, zomin bo‘l, zor bo‘l/qil, izza bo‘l/qil, izn ber/so‘ra, izhor et/qil, imo et/qil, inkor et/qil, intizor bo‘l/et/qil, in’om et/qil, isyon ko‘tar/qil, isloh et/qil, isnod keltir) bo‘lishi mumkin. (q. Fe’l yasalishi). Qo‘shma fe’llar yasama so‘z bo‘lib, qismlari doimo ajratib yoziladi.

Juft fe’l birdan ortiq fe’lning juftlashib birikuvidan tashkil topadi. Tarkibi quyidagicha bo‘lishi mumkin:

1)  biri ravishdosh, ikkinchisi boshqa shaklda: aylanib-o‘rgilmoq, yeb-ichmoq, yelib-yugurmoq, yayrab-yashnamoq, o‘ynab-kulmoq, qo‘llab-quvvatlamoq, gapirib yurmoq;

2)  ikkisi ham bir xil shaklda(ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasining juftlashgan shakli ham shunga kiradi): o‘tgan-ketgan, o‘tgan-qaytgan, o‘lib-tirilib, o‘lib-qutulib, qolgan-qutgan, qizarib-bo‘zarib, qisinib-qimtinib, qo‘llab-quvvatlab, qo‘shilib-qorilib, hormay-tolmay; aytdim-qo‘ydim, yozding-olding, chiqdi-qoldi, o‘qidik-tashladik va hokazo.

Takroriy fe’l: yurib-yurib, kula-kula, yig‘lay-yig‘lay, turib-turib, pishgan-pishgan, chiniqqan-chiniqqan.

Ko‘pgina fe’l takror yo juft qo‘llanganda boshqa turkumga ko‘chishi mumkin: ur-yiqit, yurish-turish, yemoq-ichmoq, yugur-yugur, chop-chop, oldi-berdi, bordi-keldi, oldi-sotdi, dedi-dedi (ot); kuydi-pishdi (sifat).

            Fe’lning vazifa shakllari. Fe’l gapda to‘rt xil shaklda qatnashadi. Shunga ko‘ra, to‘rt vazifa shakli ajratiladi: sof fe’l, ravishdosh, sifatdosh,harakat nomi.

Sof fe’l. Tuslangan, ya’ni shaxs-son, zamon, mayl, tasdiq-inkor shakliga ega fe’l – sof fe’l. Sof fe’l gapda fe’l kesim vazifasida keladi: Men ishlayapman.

  1. Ravishdosh shakli fe’lni fe’l bilan bog‘lovchi vosita, fe’lni gapda hol vazifasiga xoslaydi: Bola pichirlab gapirdi. Kelguncha kutdim.

Ravishdosh – fe’lning ravishga yaqinlashgan lug‘aviy shakli. Ravish kabi ish-harakat va holatning belgisini bildiradi, uning so‘rog‘iga javob bo‘lib, fe’lga bog‘lanib hol vazifasida keladi, shu bilan birga, harakat-holat ma’nosini saqlaydi. Demak, unda ravishlik va fe’llik xususiyati mujassam: U ikkilanib javob berdi. Ishning boshi boshlanguncha. Quyidagi shakllar bilan yasaladi:

-(i)b, -a/y; -gancha/kancha/qancha; -gudek/kudek/qudek shakli bilan yasalgan ravishdosh holat ravishdoshi deb yuritiladi:o‘qib, yozib, sevinib, yura-yura, yig‘lay–yig‘lay, yeb qo‘ygudek, bitirib yuborgudek, shoshgancha;

-a/y ko‘rsatkichli ravishdosh takror holda qo‘llanadi: bora-bora, chopa-chopa.

Ravishdoshning bu shakli holni kesimga bog‘lasa, ma’no va shakl jihatdan ravishdosh bo‘ladi: sevinib gapirdi. U, shuningdek, boshqa vazifani ham bajaradi:

– yetakchi fe’lni ko‘makchi fe’lga bog‘laydi: o‘qib chiqdi, yoza boshladi;

– fe’lga shaxs-son qo‘shimchasini biriktiradi: boribman, boraman.

Bunda ravishdosh shakli bo‘lsa-da, ravishdosh ma’nosi yo‘q. Demak, bunday holda u fe’lning ravishdosh vazifa shakli bo‘lmaydi.

-gach/kach, guncha/kuncha: ko‘rgach, tikkach, kelguncha shakllari bilan yasalgan ravishdosh shakli payt ravishdoshi deb yuritiladi: o‘qigach, kelguncha, chiqquncha. Payt ravishdoshining -guncha/kuncha ko‘rinishi ergash gapning kesimi vazifasida kelib chog‘ishtirish ma’nosini ham bildira oladi: Qoshing qaro bo‘lguncha, ko‘zing qaro bo‘lsa-chi.

-gani/kani/qani (ba’zan -gali/kali/qali) shakli bilan yasalgan ravishdosh maqsad ravishdoshi deyiladi: Siz bilan maslahatlashgani keldim. Bu gulshan soz ekan, soz ustiga soz etgali keldik.

Ravishdoshningbo‘lishsiz shakli-may (in). Faqat maqsad ravishdoshi bo‘lishsiz shaklga ega emas.

  1. Sifatdosh shakli fe’lning ot bilan aloqasini ta’minlab, uni sifatlovchi aniqlovchi vazifasiga xoslaydi: Sen yurgan yo‘llardan men ham yuraman... (Qo‘shiqdan). Otlashganda ega, to‘ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi, ot kesim, undalma vazifalarida keladi: Ega: Birlashgan o‘zar. (Maqol). To‘ldiruvchi: Berganga bitta ham ko‘p. (Maqol). Qaratqich aniqlovchi: Ko‘rmaganning ko‘rgani qursin. (Maqol). Ot-kesim: Yigit kishining uyalgani – olgani. (Maqol). Undalma: Kechikkanlar, o‘rningizdan turing.

Fe’lning sifatga yaqinlashgan lug‘aviy shakli. Sifat kabi predmet-hodisaning belgisini bildiradi, otga bog‘lanib sifatlovchi aniqlovchi vazifasida keladi, sifatlar kabi otlashadi, shu bilan birga, harakat-holat ma’nosini ham saqlaydi. Unda sifatlik va fe’llik xususiyati mujassam: o‘qigan, o‘qiyotgan, chopadigan. Sifatdoshda nisbiy zamon mavjud bo‘ladi. Quyidagi shakllar bilan yasaladi:

-gan/kan/qankelgan odam, kechikkan o‘quvchi, namiqqan gilam. Bo‘lishsizi -magan shakli bilan yasaladi: bilmagan, chiqmagan. Zamon bilan farqlanuvchi -ayotgan, -ydigan shakllari ajratiladi: o‘qiyotgan bola, chopayotgan olapar, boradigan, o‘qiydigan.

-(a)r, mas: oqar suv, borar joyimiz, so‘nmas hayot;

-(g)(u)vchi: ishlovchi, tanuvchi, xohlovchi, boruvchi, uyg‘onguvchi.

-g‘lik, -rlik, -gulik: yasatig‘lik xontaxta, yopig‘lik qozon, qorin to‘ydirarlik bir kasb, arzigulik ish.

-misho‘tgan zamon sifatdoshining kam uchraydigan shakli: O‘zbek adabiy tilining asoschisi bo‘lmish Navoiy....

-(u)vchi, -g‘lik, -rlik, -gulikshakli uchun-ma+ganko‘rsatkichi bo‘lishsiz shakl: yasatig‘lik – yasatilmagan, to‘ydirarlik - to‘ydirmaydigan.

-(g)(u)vchi, -g‘lik, -rlik, -gulikshakli bo‘lishsiz qo‘llanmaydi

Sifatdosh bog‘langan ot tushib qolganda sifatdosh otlashadi: Ko‘rgan (sifatdosh, aniqlovchi) kishilar (ot, bosh kelishikda, ko‘plikda, ega) gapirsinKo‘rganlar (sifatdosh, bosh kelishikda, ko‘plikda, ega) gapirsin. Ko‘rgan (sifatdosh, aniqlovchi) paytda (ot, o‘rin-payt kelishigida, hol) gapiradiKo‘rganda (sifatdosh, ot, o‘rin-payt kelishigida, hol) gapiradi.

Sifatdosh, asosan, sifatlovchi-aniqlovchi (Uyg‘onguvchi bog‘larni kezdim. Vizillagan tovush eshitildi); otlashganda ega (Eshitgan uyaladi. Ko‘rgan gapiradi); to‘ldiruvchi (Bilmaganni so‘rab bilish kerak); qaratqich-aniqlovchi (Ko‘rmaganning ko‘rgani qursin); undalma (Eshitganlar, aytinglar) vazifalarida keladi.

Sifatdoshning istakni ifodalovchi (kelasi zamonni ifodalovchi) -gur/kur/qur/g‘ur shakli ham qayd etiladi: bo‘yning uzilgur bola, qurg‘ur yigit, bo‘lmag‘ur gap.

Harakat nomi.Harakat nomi shakli fe’lni ega, to‘ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi, ot kesim vazifalariga xoslaydi: Ega: Kekkayish sahroda yurgan norga yarashur. To‘ldiruvchi: Kutishni yoqtirmayman. Qaratqich aniqlovchi: Chekishning zarari. Ot-kesim – Yagona maqsadimiz – o‘qish.

Fe’lning otga yaqinlashgan lug‘aviy shakli bo‘lgan harakat nomi otning xususiyatiga ega,ish-harakatning bajarilish/bajarilmasligi, harakat-holatning nomi kabi ma’nolarni bildiradi va egalik, kelishik shakllari bilan erkin birikib, otga xos sintaktik vazifani bajaradi. Quyidagi shakllar bilan yasaladi:

-moq: o‘qimoq, yozmoq, tanishmoq;Harakat nomining bu shakli fe’lning bosh shakli, noaniq shakli ham deyiladi, fe’llar lug‘atda shu shaklda beriladi.

-(i)sh: o‘qish, yozish, tanishish;

-(u)v: o‘quv (o‘qi+v), yozuv, tanishuv.

-r/ar: ucharga qanot, turarga joy, ko‘rarga ko‘z.

-r/ar qo‘shimchasi sifatdoshdagi shunday qo‘shimcha bilan shakldosh.

-(u)v qo‘shimchasi bilan yasaluvchi shakl kam qo‘llanadi, ya’ni arxaiklashmoqda. U qo‘shilganda fe’l oxiridagi i o‘rnida u, ao‘rnida oishlatiladi: bil – biluv, o‘qi – o‘quv, tashi – tashuv, qursha – qurshov. -(u)v shaklidagi harakat nomining aksariyati otga ko‘chgan: o‘quv, ishlov, saylov, qistov, tanlov, o‘quv, chanqov.

Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi (harakat tarzi shakli)o‘zi birikkan fe’lning ma’nosiga qo‘shimcha ma’no yuklash uchun xizmat qiladigan nomustaqil fe’l bilan mustaqil fe’lning qo‘shiluvidan hosil bo‘lgan shakl: ketib qolmoq (kutilmaganda), berib turmoq (vaqtincha), kutib turmoq (davomli harakat). Bundagi ikkinchi fe’llar ko‘makchi fe’l, vaqtincha o‘z lug‘aviy ma’nosini yo‘qotgan bo‘ladi. Ma’nosi bir oz o‘zgarayotgan fe’l yetakchi fe’l, yetakchi va ko‘makchi fe’l birikuvi esa ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi deyiladi. Ko‘makchi fe’l lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchadek vazifa bajaradi. Shu sababli yetakchi va ko‘makchi fe’l birikuvidan tashkil topgan bunday analitik shakl fe’lning harakat tarzi lug‘aviy shakli ham deb yuritiladi. Mas., Salim kitobni o‘qib chiqdi gapida chiqdi fe’li “tashqarida bo‘lmoq” lug‘aviy ma’nosini yo‘qotib, gapdagi o‘qib yetakchi fe’lining ma’nosini o‘zgartirish, ya’ni undan anglashilgan harakatning tugallanganligini ifodalash uchun xizmat qilmoqda.

Yetakchi fe’l va ko‘makchi fe’l uch xil birikadi: 1) ravishdoshning -(i)b shakli orqali: o‘qib turdi, aytib qoldi; 2) ravishdoshning -a/y shakli orqali: yura boshladi, so‘ray qol; 3) juftlashish orqali: yozib oldim – yozdim-oldim, tugatib qo‘yding – tugatding-qo‘yding, to‘xtab qoldi –to‘xtadi-qoldi.

Bu uch vosita barcha yetakchi va ko‘makchi fe’lni hosil qilavermaydi: yozdi-boshladi, ayta soldiko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi me’yoriy emas. Me’yoriy: yoza/yozib boshladi, aytib soldi.

Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bitta ham sof ko‘makchi fe’l yo‘q. 30 dan ortiq (darsliklarda 25 ta, ba’zan 27 ta) mustaqil fe’l ko‘makchi fe’l vazifasida kela oladi: ber(ver), bil, bit(bitir), bor, boshla, boq, bo‘l, yet, yoz, yot, kel, ket, ko‘r, ol, sol, tashla, tur, tush, chiq, yubor, yur, o‘l, o‘t, o‘tir, qara, qol, qo‘y;

25 ta ko‘makchi fe’l (yoz va boshla so‘zidan boshqasi) yetakchi fe’lga ravishdoshning -(i)b shakli yordamida birika oladi:

 

O‘qib

berdi

bo‘ldi

ko‘rdi

(yoqib) tushdi

o‘tdi

bildi

(anglab) yetdi

oldi

chiqdi

o‘tirdi

bitirdi

yotdi

(aytib) soldi

yubordi

qaradi

bordi

keldi

tashladi

yurdi

qoldi

boqdi

ketdi

turdi

o‘ldi

qo‘ydi

 

11 ta ko‘makchi fe’l ravishdoshning -a/y (sol ko‘makchi fe’li faqat -aravishdosh shakli bilan: ayta solib) shakli bilan birika oladi:

 

1) ber/ver (yoza berdi)

5) yoz (yiqila yozdi)

9) sol (kela solib)

2) bil (topa bildi)

6) ket (gapira ketdi)

10) tur (yoza tur)

3) bor (o‘zgara bordi)

7) ko‘r (ayta ko‘rma)

11) qol (ayta qol)

4) boshla (yoza boshladi)

8) ol (unuta oldi)

 

 

Demak, 16 ta ko‘makchi fe’l -a/y shaklidagi ravishdosh qo‘shimchasini olgan yetakchi fe’l bilan ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi hosil qilolmaydi, ya’ni faqat -b/ib qo‘shimchasini olgan yetakchi fe’lga birikadi: bit (bitir), boq, bo‘l, yet, yot, kel, tashla, tush, chiq, yubor, yur, o‘l, o‘t, o‘tir, qara, qo‘y.

9 ta ko‘makchi fe’l ravishdoshning har ikkala shaklini olgan fe’lga birika oladi: ber (aytib ber, ayta ber), bil (yozib biladi (shevada), yoza biladi), bor (o‘qib bordi, o‘qiy bordi), ket (isib ketdi, gapira ketdi), ko‘r (aytib ko‘r, ayta ko‘rma), ol (yozib ol, yoza ol), sol (to‘kib soldi, kela solib), tur (o‘qib tur, yoza tur), qol (tugab qoldi, ayta qol).

Ko‘makchi fe’llar ko‘pincha -(i)b shakli bilan boshqa, -a/y shakli bilan boshqa ma’no ifodalaydi: yozib oldi –yoza oldi, kelib qoldi –kela qoldi, aytib ko‘r –ayta ko‘rma, o‘qib berdi –o‘qiy berdi, qo‘ng‘iroq qilib tur –qo‘ng‘iroq qila tur. Ayrim holda ma’no mos keladi: og‘irlashib bordi –og‘irlasha bordi.

Ko‘makchi fe’l ifodalaydigan ma’no:

 

Shakl

Ma’nosi

Misol

-(i)b ber

harakat natijasining o‘zgaga yo‘nalishi

qo‘yib ber, bilib ber

-a/y ber

davomiylik

ko‘chaver, o‘ylayver

-a/y ol/bil

qodirlik

tuzata oldi, foydalana bil

-(i)b bit/bitir

to‘la bajarilish

yonib bitgan, ekib bitir

-i)b, -a/y bor/kel

harakatning davomiyligi

unutib bordi, o‘zgartira bor

-a/y boshla

boshlanish

yura boshla, o‘qiy boshla

-(i)b boq/ko‘r/qara

sinash

o‘qib boq, o‘ylab qara, yozib ko‘r

-(i)b bo‘l

to‘la bajarilish

yozib bo‘l, yuvib bo‘l, qazib bo‘l

-(i)b yet

to‘la bajarilish

anglab yetdi, pishib yetmagan

-a/y yoz

bajarilishga yaqinlik

qula yozdi, yorila yozdi

-(i)b yot/tur/o‘tir/yur

davomiylik

o‘qib yot, aytib tur, yozib o‘tir

-(i)b ket

to‘la, kuchli bajarilish; boshlash va davom etish

tarqab ketdi, isib ketdi, g‘ovlab ketdi, maqtab ketdi

-a/y ket

boshlash va davom etish

o‘qiy ketdi, gapira ketdi

-(i)b sol

to‘la-to‘kis bajarilish

aytib sol, yuragini to‘kib soldi.

-a sol

ketma-ketlik

ola solib ot, kela solib boshla, tura solib tashlan

-(i)b tashla/yubor

to‘la va tez yuzaga kelishi:

o‘qib tashla, to‘qib tashla, haydab yubor

-(i)b chiq

tugallash

o‘qib chiq, so‘rashib chiq, aylanib chiq

-(i)b tush

butunlay

ag‘darilib tushdi, yiqilib tushdi, yoqib tushdi, yarashib tushdi

-(i)b o‘l

yuqori darajada

davomiylik, takroriylik

mudrab o‘lyapman, surishtirib o‘ldi, sog‘inib o‘ldi, chanqab o‘ldi

-(i)b o‘t

tugallik,

alohida e’tibor

bo‘lib o‘tdi,gapirib o‘t

-(i)b qol

holatga aylanish

kutilmaganlik

davomiylik

tikilib qol, serrayib qoldi; kelib qoldi, so‘rab qol; jonlanib qoldi

-a/y qol

ruxsat, rozilik, istak

bora qol, yura qol, keta qol

-(i)b qo‘y

holatga aylanishi

davomiylik

bir marta bajarilish

suyab qo‘y, ilib qo‘y; o‘ylantirib qo‘y, shoshirib qo‘y;

qarab qo‘y, yo‘talib qo‘y

 

Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi qisqargan holda ishlatilishi va qo‘shib yozilishi mumkin:aytib yubor –aytvor, bora ber –boraver, unuta olmadi –unutolmadi.

Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasida ko‘makchi fe’l birdan ortiq bo‘lishi mumkin: aytib berib tura qol, aytib bera olmay qoldi. Bunda keyingi ko‘makchi fe’l uchun oldingi ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi yetakchi fe’l bo‘ladi: Aytib (yetakchi fe’l) ber (ko‘makchi fe’l), aytib berib (yetakchi fe’l) tur (ko‘makchi fe’l). Bu ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi ichida ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi.

Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi [fe’l+fe’l] tipidagi qo‘shma fe’l va [ravishdosh+fe’l] tipidagi so‘z birikmasiga o‘xshaydi. Farqi:

1) ko‘makchi fe’l olib tashlansa, yetakchi fe’l ma’nosi bir oz o‘zgaradi: yozib bordi –yozdi, isib ketdi –isidi; qo‘shma fe’ldagi yordamchi fe’l ma’noni butunlay o‘zgartiradi: sotib ol – sot; ishlab chiqardi – ishladi;

2) so‘z birikmasida birdan ortiq gap bo‘lagi mavjud: quvonib (hol) so‘zladi (kesim); ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi bitta gap bo‘lagi bo‘lib keladi: o‘ylab qoldi (kesim).

Ravishdosh shaklidagi ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasida nisbat va bo‘lishsizlik ko‘rsatkichi yetakchi va ko‘makchi fe’lning birortasiga yoki har ikkalasiga qo‘shilishi mumkin: to‘xtatib qo‘yishdi; aytib qo‘yma, aytmay tur, aytmay turma; zamon, mayl, shaxs-son qo‘shimchasi esa ko‘makchi fe’lda bo‘ladi. Ikkala fe’l bir shaklda juftlashsa, sanalgan qo‘shimcha ikkalasida ham bo‘lishi mumkin: tamomlashdi-qo‘yishdi.     

Harakat tarzining qo‘shimcha bilan yasalgan ko‘rinishlari.O‘zbek tilida shunday shakllar borki, fe’llarga qo‘shilib, harakatning bajarilish tarzi – kuchli yoki kuchsiz darajasini bildiradi. Bu shakllar tasniflovchi lug‘aviy shakli hisoblanadi. Ular quyidagi:

1) harakatning kuchsiz darajasini bildiradi:

-msira/imsira:

yig‘lamsira, kulimsira

-qira/inqira:

ishonqira, oqarinqira, o‘chinqira

-sh/ish:

to‘lish, qizish, oqarish, to‘xtash (yuragi)

-q/iq/k/ik:

tutaq, toliq, junjik, ko‘nik

2)harakatning kuchli darajasini bildiradi:

-la/ala:

quvla/quvala, ishqala, savala, siypala, cho‘qila, chayqala, siltala, opichla

-qi/g‘i:

yulqi, sizg‘i, to‘zg‘i, bijg‘i

-chi:

tipirchila, tepchi, terchila

-a:

bur bura, quvon quvna, urin urna

-gila/kila/ qila/g‘ila:

yugurgila, titkila, tepkila, chopqilla, turtkila, tortqila, ezg‘ila, cho‘zg‘ila

-ga/ka/qa:

surga, surka, chayqa

 

To‘liqsiz fe’lo‘z lug‘aviy ma’nosini yo‘qotib, asosan, kesim vazifasidagi so‘zning zamonini ifodalashga moslashgan edi, ekan, emish, emasfe’llari: U o‘qituvchi edi/ekan/emish/emas kabi.

Uslubiy belgilari.

  1. Lug‘aviy ma’noga ega emas.
  2. Fe’lning barcha lug‘aviy shakllari bilan birika olmaydi.
  3. Nafaqat fe’l, balki barcha kesim vazifasida kelgan mustaqil so‘zlarga qo‘shilib, o‘tgan zamonni ifodalaydi: Uning ovozi yoqimli edi. Otam eski maktab muallimi edi. Uning bolalari to‘rtta edi.
  4. Gapda bog‘lama vazifasida keladi.

Birinchi unli noturg‘un, asosga -di, -mish, -kan tarzida qo‘shilishi mumkin: Yomg‘ir to‘xtamay quyardi. U ertaga kelarmish. O‘zi aytib qo‘yarkan.

 

1. fe’li keng: tanti

2. fe’li tor: ziqna

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.