Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {favqulodda}
So‘z bo‘g‘inlari: fav-qu-lod-da
Izoh(lar)i:
favqulodda [fav-qu-lod-da ]

1. Nihoyat kam uchraydigan; boshqalarga o‘xshamagan; kutilmaganda yuz bergan; tasodifiy. Otning kavsh qaytarishi favqulodda yerda, favqulodda vaqtda kechadi. T. Murod, Ot kishnagan oqshom

2. Odatdan tashqari; kam duch kelinadigan, kamyob. Tiktepa qishlog‘ining guzarida mulla Obidning qo‘lidagi favqulodda ketmonni ko‘rgan har kim kuladi. A. Qodiriy, Obid ketmon

3. G‘oyat darajada, haddan tashqari; g‘oyat, juda. Sheralining nazarida, bugun hamma narsa favqulodda so‘lim, qushlarning nag‘masi esa jozibaliroq edi. S. Karomatov, Oltin qum

4. Maxsus sharoit talabi bilan belgilanadigan, sodir bo‘ladigan; navbatdan tashqari. Bu hodisalar saroyda favqulodda chora-tadbirlar ko‘rishni taqozo etdi. Mirmuhsin, Me’mor

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: to‘satdan
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.