Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {farzand}
So‘z bo‘g‘inlari: far-zand
Izoh(lar)i:
farzand [far-zand ]

1. Bitta ota-onadan dunyoga kelgan bola; o‘g‘il yoki qiz (ota-onaga nisbatan); bola. Asrorqul farzand ko‘rdi bolaning otini Yodgor qo‘ydi. A. Qahhor, Asror bobo

2. O‘z Vatani yoki xalqiga manfaat keltiradigan, unga astoydil xizmat qiladigan kishi; vatanparvar, elsevar. Mustaqil davlat farzandi ekanligimdan boshim osmonga yetdi. Gazetadan

3. Biror jamoa, ijtimoiy-siyosiy, g‘oyaviy guruh, harakat yoki hududga mansub, unga aloqador shaxs. Qaylardadir fisq-u fasod, hasad, xusumat Insoniyat farzandlarin tortmoqda dorga. A. Oripov, Yillar armoni

4. She’r — ilhom farzandi. Aql — ehtiyoj farzandi. Biror ma’naviy, ruhiy faoliyat mahsuli.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Farzand – bola – zuryod (zirriyot) – tirnoq
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(qo‘llanilishining oz-ko‘pligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.