1. Narsalar orasidagi nomuvofiqlik, noo‘xshashlik; ayirma, tafovut.
So‘zdan so‘zning farqi bor, o‘ttiz ikki narxi bor.
Maqol
2. Sochning ikki tomonga tarashdan boshda hosil bo‘ladigan yo‘l, chiziq.
Qutlug‘ Nigor xonimning rangi xiyol o‘chgan. Uning peshonasidan yuqorida — sochining farq ochilgan joyida Bobur bir tutam oqargan soch tolalarini ko‘rdi.
P. Qodirov, Yulduzli tunlar