Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {farq}
So‘z bo‘g‘inlari: farq
Izoh(lar)i:
farq

1. Narsalar orasidagi nomuvofiqlik, noo‘xshashlik; ayirma, tafovut. So‘zdan so‘zning farqi bor, o‘ttiz ikki narxi bor. Maqol

2. Sochning ikki tomonga tarashdan boshda hosil bo‘ladigan yo‘l, chiziq. Qutlug‘ Nigor xonimning rangi xiyol o‘chgan. Uning peshonasidan yuqorida — sochining farq ochilgan joyida Bobur bir tutam oqargan soch tolalarini ko‘rdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

Antonim(lar)i: o‘xshashlik , aynanlik
Sinonim(lar)i: ayirma , tafovut [a]

1. farq I Ot
sochlarni peshanadan orqa tomongacha to‘g‘ri ikkiga ajratib tarash, shunda hosil bo‘ladigan yo‘l

2. farq II Ot
o‘xshashsizlik, tafovut

Paronimi: parq s.n. Sochni ikki tomonga tarashdan boshda hosil bo‘ladigan yo‘l.

Farqlash (differensiyalash) yozuvi talaffuzda birbiridan aniq farqlanmaydigan yoki o‘zaro farqi deyarli sezilmaydigan darajaga kelib qolgan so‘z yoki qo‘shimcha yozuvda maxsus qoida bilan ajratilib yozilishi farqlash yozuvi deyiladi. Bu yozuv kam qo‘llanadi. Ayrim misol: 1) o‘zaro yaqin, shakldosh so‘zlar yozuvda (tutuq) belgisi yordamida farqlab qo‘llanadi: da’vo – davo, nash’a – nasha, she’r – sher, sur’at – surat, ta’qib – taqib; 2) ba’zi shakldosh so‘zlar talaffuzda urg‘u yordamida farqlanadi. Imloda bunday so‘zlarga urg‘u belgisi qo‘yiladi: atlas (karta) – atlas (mato), banda (shayka) – banda (qul);3) liq/lik qo‘shimchasi: bo‘shlik – yuvosh, (ot) bo‘shliq – fazo (ot), otalik – otaliq; 4) lik/li qo‘shimchasi: paltoli – paltolik;5) chang/chanqo‘shimchasi: mahsichang – ishchan.

1. befarq qaramoq: e’tiborsizlik, be-parvolik bilan qaramoq, loqayd bo‘lmoq.

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.