Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {farog‘at}
So‘z bo‘g‘inlari: fa-ro-g‘at
Izoh(lar)i:
farog‘at ot

1. 1. Kishi orom oladigan hol, sharoit; osoyishtalik, tinchlik; rohat. Farog‘atda yashamoq. Farog‘at qilmoq. Uyda rohati yo‘qning ko‘chada farog‘ati yo‘q. Maqol
Chol-kampir bunday farog‘atga qanday yetishdi? Halol mehnat, halol lafz tufayli erishdi. Mushtum
Qancha farog‘at, qancha tarovat, qancha latofat va qancha ma’no bor edi bu ko‘z qarashlarda. F. Musajonov, Himmat

2. 2. Farog‘at (xotin-qizlar ismi).

Antonim(lar)i: zahmat [a]
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.