1. Islomda va boshqalar ba’zi dinlarda xudoning amrini bajaruvchi g‘ayritabiiy mavjudot; malak (farishtalar son-sanoqsiz bo‘lib, har biri ma’lum vazifani bajaradi). Ba’zi rivoyatlarga qaraganda, farishtalar jannatdagi kavsar suvidan qumg‘onlarimizga quyib ketar emish. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
2. Ko‘chma Yaxshi xulq-atvorga ega bo‘lgan va go‘zal (ko‘pincha ayollar haqida). Bu xotin to‘g‘risida mulla Norqo‘zi shunday fikrda: agar farishta ilgari o‘tgan bo‘lsa — shuning onasi, endi tug‘ilsa — shuning bolasi bo‘ladi, agar hozir yer yuzida bo‘lsa — shu xotinning o‘zi. A. Qahhor, Asarlar
3. Fayz, ziynat. Ayolning sarishtasi — ro‘zg‘orning farishtasi. Maqol
4. Pokiza, musaffo; begunoh. Ajoyib odamsan-da, do‘stim, ajoyibsan, farishtasan. Shukrullo, Saylanma
1. farishtasi qochmoq: fayzsiz, ko‘rimsiz bo‘lib qolmoq; qut-barakasi yo‘qolmoq.