Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {faqirlik}
So‘z bo‘g‘inlari: fa-qir-lik
Izoh(lar)i:
faqirlik [fa-qir-lik ]

1. Moddiy jihatdan ojizlik, qashshoqlik, kambag‘allik. Mutribning hazilnamo baytida Avaz yo‘qchilik, faqirlik oilasini quritgan, ammo ko‘ngli qanoatga to‘la nekbin shoir qalbini ko‘rgandek bo‘ldi. S. Siyoyev, Avaz

2. Xokisorlik, kamtarlik. Faqirlik yo‘lini ixtiyor qildim, Shamshodning yurtiga bormoqchi bo‘ldim. Bahrom va Gulandom

3. Ma’naviy qashshoqlik. Kishida uch xil sifat bordirki, ular faqirlikdandir: Podshohkim, yaxshiligingga shukr qilmaydi, yomonligingni kechirmaydi. Qo‘shnikim, sendan yaxshilik ko‘rsa — yashiradi, yomonlik ko‘rsa — oshiradi Fan va turmush

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: kambag‘allik
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.