Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {faol}
So‘z bo‘g‘inlari: fa-ol
Izoh(lar)i:
faol [fa-ol ]

1. Harakatchan, ko‘p harakat qiladigan. Normurod faol bir kolxozchi bo‘lsa ham, soddagina bir odam, undan har sirni olish mumkin. S. Ayniy, Qullar. Muhiddin Karimov yerlarni obod qilishda faol qatnashdi. O‘zbekiston qo‘riqlari

Antonim(lar)i: loqayd [a]
Sinonim(lar)i: aktiv [r]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

  O‘zbek tili lug‘at tarkibining asosini faol so‘z tashkil etadi. Bunday so‘zni shu tilda so‘zlashuvchi kishilar qanday shevaga, qaysi hududga, qaysi kasb yoki sohaga mansub bo‘lishidan qat’i nazar, cheklanmagan darajada ishlatadi.        Faol soz barcha so‘z turkumida mavjud. Masalan: 1) fe’l: ishlamoq, kelmoq, olmoq, ko‘rsatmoq, buyurmoq, saylamoq va hokazo; 2) ot: ota, ona, non, suv, stol, eshik, tog‘, yer, shamol, radio; 3) sifat: shirin, achchiq, qizil, ko‘k, katta-kichik, xunuk, go‘zal; 4)son: bir, o‘n, yuz, ming; 5) ravish: hamisha, ba’zan, ataylab, hozir, ilgari; 6) olmosh: kim, nima, qanday, nima qilib , qancha, shu, biz, hamma; 7) so‘z-gap: xo‘p, mayli, rahmat; 8) ko‘makchi: uchun, bilan, singari;9) bog‘lovchi: ham, va, bilan, ammo; 10) yuklama: faqat, xuddi, hatto. Faol so‘zning aksariyati umumturkiy va o‘zbekcha. Shu bilan birgalikda, ular orasida o‘zlashmalari ham ko‘p.

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.